O’ZBEKISTONDA YANGI “NAVOIY-KONIMEX-MISKEN” TEMIR YO’LI QURILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zbekiston temir yullari” kompaniyasi 2016-2017 yillarda 396,9 kilometrdan iborat “Navoiy-Konimex-Misken” temir yo’l liniyasini quradi.
Yangi liniya Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi salohiyatini to’liq va samarali o’zlashtirish uchun yaratilmoqda.
Yangi temir yo’l magistralining qurilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda (2016-2017 yillar) liniyaning teplovozda tortiluvchi temir yo’l tarkiblari harakatlanishi uchun mo’ljallangan qismini qurish rejalashtirilgan. Bu bosqichning qiymati 283,1 million dollarni tashkil qiladi va ichki mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda (muddati va qiymati keyinroq belgilanadi) Markaziy Qizilqumdagi Kuljuqtog’ va Ovminzatog’ tog’-ruda massivlari zaxiralarini o’zlashtirish natijasida mintaqani keyinchalik elektr ta’minoti hisobiga elektrlashtirish rejalashtirilgan.
Yangi qism “Navoiy-Uchquduq-Sultonuiztog’-Nukus” temir yo’l liniyasi bilan “Misken” stansiyasida birlashadi. Bu O’zbekistondan shimoliy yo’nalishda yuk oqimi unumdorligini oshirish imkonini beradi.
Uzunligi 342 kilometrdan iborat bo’lgan “Navoiy-Uchquduq-Sultonuiztog’-Nukus” temir yo’l liniyasi 1996-2001 yillarda qurilgan. Bu liniya Turkmanistonni chetlab o’tib O’zbekistonning ikkita g’arbiy viloyati - Navoiy viloyati va Qoraqalpog’istonni birlashtirgan.
Bugungi kunda O’zbekistondagi temir yo’l aloqalarining umumiy uzunligi 4200 kilometrni tashkil qiladi. Temir yo’lga mamlakat ichidagi yuk aylanmasining 60 foizi va eksport va import yuk tashishlar umumiy hajmining deyarli 80 foizi to’g’ri keladi.
“Jahon” AA