Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN MAHSULOTLAR ROSSIYALIKLAR DASTURXONIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN MAHSULOTLAR ROSSIYALIKLAR DASTURXONIDA

Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizning bir qator korxona va kompaniyalari Moskva shahrida bo’lib o’tayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, sharbatlar va ularning tayyorlanishi uchun xomashyolar namoyishiga bag’ishlangan XXIV “Prodekspo-2017” xalqaro ko’rgazmasida o’z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Mamlakatimizda yetishtirilgan ho’l mevalar, sabzavotlar, xilma-xil quruq mevalar va yurtimizda ishlab chiqarilgan sharbatlar va qandolat mahsulotlari namoyish etilayotgan O’zbekiston uchun alohida ajratilgan stend tadbir mehmonlarini befarq qoldirmayapti.

“Jahon” axborot agentligining Moskvadagi muxbiri Rossiya Ulgurji taqsimlash markazlari uyushmasi ijrochi direktori, Oziq-ovqat xavfsizligi akademiyasi haqiqiy a’zosi Vladimir Lishukning bu boradagi mulohazalari bilan qiziqdi:

— Men yana Moskvadagi O’zbekiston “orolchasi”da turganimdan xursandman. To’rt kun avval biz o’zbek dehqon va fermerlari bilan qishloq xo’jalik sohasiga oid uchrashuvlar o’tkazib, Xorazmdan keldik. U yerda bir necha tumanlarda bo’ldik va 12 ming tonna mahsulot sotib olish bo’yicha shartnoma imzoladik.

Hozirgi kunda mamlakatingizda juda ulkan o’zgarishlar amalga oshirilayotgani, Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanayotgani quvonarlidir.

Oldimizda bahor fasli - ertapishar mahsulotlarni yig’ishtirib olish mavsumi turibdi. Shu ma’noda biz tez orada bizning do’konlarimiz peshtaxtalarida nafaqat Xorazmda, balki Farg’ona vodiysi va O’zbekistonning boshqa hududlarida yetishtirilgan, rossiyaliklar dasturxoniga tortilishi intiqlik bilan kutilayotgan mahsulotlar paydo bo’ladi, deb umid qilamiz.

Rossiyada saxovatli o’zbek zaminining hadyalarini ko’rish va iste’mol qilish xalqimizga doimo xursandchilik baxsh etadi.

“Jahon” AA, Moskva