Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDA YILIGA 1 MILLIARD DOLLARLIKDAN ZIYOD YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORT QILINMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDA YILIGA 1 MILLIARD DOLLARLIKDAN ZIYOD YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI EKSPORT QILINMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Ayni paytda tarmoqda 2 ming 500 dan ortiq eksport qiluvchi korxona samarali faoliyat yuritib, ularda yuz mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Bu korxonalarda gazlama va matolar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy choyshablar, gilamlar va boshqa raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

So‘nggi o‘n yil ichida tarmoqda izchil o‘sish sur’atlari ta’minlanib, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 4,3, mahsulotlar eksporti qariyb 4 barobarga o‘sdi. Ishlab chiqarish tarkibida tayyor mahsulotlarning ulushi 65 foizdan ortdi. Bugungi kunda yengil sanoat mahsulotlarining eksporti qiymati yiliga 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. Ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlari jahonning 60 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

Mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirish maqsadida sifat o‘zgarishlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Xususan, umuman to‘xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o‘rniga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. Tarmoqning ko‘plab korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda xalqaro andozalar darajasidagi tovarlar ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam o‘rin egallashiga imkon yaratmoqda.

Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali yurtimizda yengil sanoat tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlar ishlab chiqilayotir. Jumladan, 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi asosida to‘qimachilik sanoatida umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarga teng bo‘lgan 77 muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

Mazkur dasturga muvofiq, «Asaka textile production» korxonasida bo‘yalgan ip kalava, «Indorama Kokand textile» qo‘shma korxonasida ip kalava ishlab chiqarishning to‘rtinchi bosqichi, «Jizzax grant textile» korxonasida paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yangi quvvatlar foydalanishga topshirildi. «Uztex Toshkent» va «Humo to‘qimachi» korxonalariga zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi.

2017-2021-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish dasturi asosida umumiy qiymati 2,2 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 140 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

– Mazkur investitsiya loyihalari negizida, asosan aholi zich joylashgan hududlarda vertikal integratsiyalashgan tizimni joriy etish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi to‘qimachilik majmualari bunyod etiladi, mavjudlari modernizatsiya qilinadi va ularda 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi, – deydi Iqtisodiyot vazirligi bo‘lim boshlig‘i Bunyod Rajabov.

Tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston yengil sanoatini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishga mustahkam zamin yaratadi.

Anjumanda mutaxassislar jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

O’zA