O’ZBEKISTONDA YOSHLAR FESTIVALI O’TKAZILADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 11-15 avgust kunlari Toshkentda Vatanimiz mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan “I love Uzbekistan” yoshlar festivali o’tkaziladi, deb xabar beradi “Uzbekistan Today” axborot agentligi. “Yoshlar ijod saroyida” o’tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 12 avgust - Butunjahon yoshlar kuniga bag’ishlangan gala-konsertlar uyushtiriladi. Mazkur festival va uning doirasida o’tkaziladigan tadbirlarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Nihol” mukofoti, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining yirik loyihalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etadilar.
Tadbir davomida yoshlarning “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam!” mavzusidagi ijodiy ishlari taqdimoti, “Vatanimga muhabbatim izhori” nomli ko’rgazma, hududlar va xorijdagi O’zbekiston yoshlari bilan onlayn muloqot, “O’zbekiston yoshlarining rekordlari” mavzusida taqdimot va Toshkent shahridagi Inxa universitetida “AKT Q xorijiy til q Zamonaviy kadr!” mavzusida mahorat darsi va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
“Jahon” AA