Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar yuksak baholandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar yuksak baholandi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 151-assambleyasida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekistonga yangi tayinlangan katta koordinatori Yuriy Shterk bilan uchrashdi.

Unda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, aholini munosib mehnat bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak baholandi.

Yu.Shterk Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi. Ayniqsa, kasaba uyushmalari faollari bilan kuni kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilangan vazifalar XMT uchun ham dolzarb ekanini qayd etib, ularni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda munosib mehnat standartlarini tatbiq etish, qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlash va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

2026 - 2030 yillarga mo‘ljallangan “Munosib mehnat dasturi” loyihasining ishlab chiqilishi va Toshkentda XMT ekspertlari ishtirokida muhokama qilinishi mehnat huquqlari va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

N.Abduraimova, O‘zA