Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONDAGI NOYOB TARIXIY-MADANIY MEROS YEVROPANING “ARTE” TELEKANALI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONDAGI NOYOB TARIXIY-MADANIY MEROS YEVROPANING “ARTE” TELEKANALI NIGOHIDA

Ma’lumki, O’zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosi va boy sayyohlik salohiyati jahon bo’ylab tobora mashhur bo’lib bormoqda. Shu bois dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Germaniyadan ham mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarning soni yil sayin oshib bormoqda.

Sayohatchilarning mamlakatimizga bo’lgan qiziqishlari yanada kuchayib borayotganiga betakror o’lkamizga kelib ketgan mehmonlarning taassurotlari bilan birga jahon ommaviy axborot vositalari o’z faoliyatlarida yurtimizga alohida e’tibor qaratayotgani ham sabab bo’lmoqda.

Yaqinda ikki qismdan iborat “Ipak yo’li bo’ylab sayohat” nomli film o’z ko’rsatuvlarini nemis va fransuz tillarida efirga uzatadigan ommabop ARTE madaniyat telekanali orqali namoyish etildi. Qariyb ellik daqiqalik ushbu hujjatli film Kelvinfilm kinokompaniyasi guruhining mamlakatimiz bo’ylab o’tgan yilgi ijodiy safarining mahsuli sifatida dunyo yuzini ko’rdi.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlarida suratga olish ishlarini amalga oshirgan film mualliflari nemis teletomoshabilarini O’zbekiston xalqlarining tarixi, madaniyati, an’analari hamda mamlakatimiz bag’rida joylashgan go’zal va mahobatli tarixiy shaharlar bilan yaqindan tanishtirgan.

Filmda Registon maydonida joylashgan mashhur yodgorliklar - Ulug’bek, Sherdor va Tilla Kori madrasalari atroflicha namoyish etilgan. “Sharq gavhari” deb ataladigan ushbu shaharning diqqatga sazovor maskanlari haqida so’zlar ekan, muallif moviy-tilla rang Samarqand me’morchiligiga xos ekanligini alohida ta’kidlagani holda u beixtiyor “Ming bir kecha” ertagini esga solishini qayd etadi. Muallif, shuningdek, Samarqand rivojlangan mehmonxona xo’jaligi va transport infratuzilmasiga ega ekanligini ham tomoshabinlarning e’tiboriga havola qilgan.

Filmda o’zbek xalqining pazandachilikdagi o’ziga xosliklari va mehmondo’stligi haqida atroflicha fikr yuritilgan. Unda chaqaloqni beshikka belash marosimi - beshikto’y tafsilotlari atroflicha ochib berilgan. Bunda jurnalist o’zbek oilalarida farzandning dunyoga kelishi hamisha katta voqyea hisoblanishini alohida qayd etadi.

Filning keyingi qismi boshqa bir afsonaviy shahar - Buxoroga bag’ishlangan. “Ipak yo’lida joylashgan eng ko’hna shaharlardan biri bo’lgan Buxoro asrlar davomida ilm-fan, ma’rifat va xalqaro savdo-sotiq markazi sifatida xizmat qilib kelgan. Chunki u transkontinental yo’lning chorrahasida joylashgan. Ta’bir joiz bo’lsa, bu dunyodagi eng chiroyli joydir”, deya ta’kidlaydi muallif.

Film tomoshabinlarni Buxoroning tarixiy-me’moriy obidalari, xalq hunarmandchiligi rivoji, aholining an’ana va o’ziga xosliklari bilan yaqindan tanishtiradi. Bunda Buxoro miniatyura maktabi hamda o’zining uslubi, dizayni va bo’yoqlarining yorqinligi bilan ajralib turadigan gilamdo’zlar faoliyati tafsilotlariga alohida o’rin berilgan.

Filmning Xiva haqida hikoya qiladigan qismi ham juda qiziqarli. Muallif uni “ochiq osmon ostidagi muzey shahar”, deya ta’riflar ekan, Ichon qal’a, Kalta minor, Ko’hna Ark, Juma masjid singari tarixiy qadamjolar, Xiva hunarmandchiligi, ipak ishlab chiqarish, gilamdo’zlik, milliy bosh kiyimlarning tayyorlanishiga oid barcha asosiy ma’lumotlarni tomoshabinlar bilan o’rtoqlashgan.

Shuningdek, filmda Orol dengizining qurib borayotgani mavzusi ham nemis telejurnalistlarining e’tiboridan chetda qolmagan. Muallif uni global ekologik fojealardan biri, deya e’tirof etar ekan, bu bahri azim qurishi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo’yi mintaqasini ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sog’lomlashtirish yuzasidan O’zbekistonda ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham atroflicha fikr yuritgan.

Yuqoridagilardan tashqari, nemis teletomoshabinlari Qoraqalpog’istondagi tarixiy yodgorliklar - Tuproqqal’a, Ayozqal’a va boshqa madaniy meros ob’yektlari bilan ham tanishishga muvaffaq bo’lishgan.

Muxtasar qilib yozganda, ushbu film GFR jamoatchiligida o’zbek xalqining tarixi, madaniyati, an’analari va hayoti hamda respublikamizning zamonaviy rivojlanishi haqida to’la va yorqin tasavvur hosil qilishga ko’maklashadi.

“Jahon” AA, Berlin