“O‘ZBEKISTONDAGI O‘ZGARISHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA TAYYORMIZ”
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Xabar berganimizdek, Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal o‘lkasi Iqtisodiyot, mehnat va qurilish vazirligida O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va respublikada iqtisodiy islohotlarning borishi mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir mazkur vazirlik va mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsulligi hamkorligida tashkil etildi.
“Diplomatisches Magazin” jurnalining oktyabr oyidagi sonida ushbu davra suhbatida muhokama qilingan masalalar haqida maqola chop etildi. Unda jumladan, tadbirda Baden-Vyurtemberg o‘lkasining asosiy iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari – Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Xalqaro masalalar bo‘yicha agentligi vakillari qatnashgani haqida xabar beriladi.
Nashrda ta’kidlanganidek, davra suhbatida Germaniya tomoniga O‘zbekistonning bugungi rivojlanish sur’atlari, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Maqolada shuningdek, Germaniya iqtisodiyotining uch ulkan tarmog‘idan birini tashkil etuvchi Baden-Vyurtemberg o‘lkasining ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni aniq loyihalarni amalga oshirish orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgani qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Baden-Vyurtemberg – Germaniyaning eng rivojlangan mintaqalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi barcha sanoat mahsulotlarining beshdan bir qismini ishlab chiqaradi. Bu yerda “Audi Sport GmbH”, “Daimler AG”, “Karl Storz”, “Porsche AG”, “Robert Bosch GmbH”, “SAP”, “Voith, Testo”, “ZF Friedrichshafen AG”, “ELBA-WERK” kabi dunyoga mashhur korporatsiyalar joylashgan.
“Jahon” AA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















