Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«O’ZBEKISTONGA QILINGAN UNUTILMAS SAFAR»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«O'ZBEKISTONGA QILINGAN UNUTILMAS SAFAR»

SMG Xalqaro Shanxay teleradiokanali mediaguruhi ikki qismdan iborat «O’zbekistonga qilingan unutilmas safar» nomli hujjatli filmni tasvirga oldi. Ushbu film yurtimizning noyob tarixiy merosi va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan. Respublikamiz mazkur nufuzli media guruhni e’tiborini jalb qilgan MDH mamlakatlarida birinchi mamlakat bo’ldi.

Film ilk bor eng mashhur ko’ngilochar dasturlar reytingida birinchi o’rinni egallab turgan «Getaway» dasturida namoyish etildi.

Birinchi qism tomoshabinlarni Toshkent, Buxoro va Xivaning madaniy va ma’naviy qadriyatlari, me’moriy obidalari bilan tanishtiradi .

Kinotasvirda qayd etilishicha, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo’lib, Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand ajoyib tarix va madaniyat boy shaharlar hisoblanadi.

Filmda sayohat 20 yildan ortiq vaqt davomida Shanxayning birodar-shahri hisoblangan poytaxtimizdan boshlanadi. «Uning tarixi 2200 yildan oshgan. Bu yerda o’tmishning diqqatga sazovor noyob tarixiy va zamonaviy inshootlar uyg’unlashib ketgan. Shahardagi "Chorsu" bozori sayyohlarda o’chmas taassurot qoldiradi. Mazkur gumbazsimon bozor ming yillik tarixga ega bo’lib, kundalik mahalliy hayotni aks ettiruvchi eng yaxshi joy hisoblanadi», - deya ta’kidlanadi filmda.

Qadimiy Xiva shahri haqida so’z yuritar ekan, bu ochiq – osmon ostidagi muzey, asrlar davomida Buyuk ipak yo’lida eng yirik savdo markazi bo’lib kelgan – deya hikoya qiladi mualliflar. "1991-yilda O’zbekistonda aynan shu shahar birinchi bo’lib UNESCO Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgani tasodif emas. Ikki yarim ming yillik ulug’ yoshga qaramasdan, bu yerda betakror me’moriy obidalarning katta qismi saqlanib qolgan. Xususan, Juma masjidi katta qiziqish uyg’otadi. Rang-barang shakl va naqshlar solingan mahobatli 213 ustun bu yerda yog’och o’ymakorlik san’ati yaxshi rivojlanganidan dalolat beradi",- deya e’tirof etilgan filmda.

Xitoy jurnalistlar uchun keyingi bekat Buxoro bo’ldi. Ularning shahar bilan tanishuvi Buxoro raqqoslarini ajoyib ijrosini kuzatish bilan boshlangan.

Buxoro haqidagi hikoya davom etgan va Sharq marvaridi - Samarqand haqidagi ma’lumotlardan iborat filmning ikkinchi qismi noyabr boshida namoyish qilinadi.

«Jahon» AA