Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONLIK BO‘LG‘USI HOJILAR SAFAR TARADDUDIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONLIK BO‘LG‘USI HOJILAR SAFAR TARADDUDIDA

Joriy yilning 7-23 avgust kunlari o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratini amalga oshirish uchun jo‘nab ketadilar. Ma’lumki, Haj ibodati Islomning besh ustunlaridan biri bo‘lib, muayyan imkoniyatga ega bo‘lgan mo‘min-musulmon uchun umrida bir marta ado etiladigan farz amalidir.

Ushbu muhim tadbir boshlanishi munosabati bilan muxbirimiz hozirgi kunda Saudiya Arabistonida bo‘lib, yurtimiz vakillarini kutib olish va joylashtirish bo‘yicha ishlarga shaxsan bosh-qosh bo‘layotgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov bilan bog‘landi.

– Hurmatli Ortiqbek Odilovich, avvalo, Sizni muborak Haj mavsumining boshlanishi bilan tabriklaymiz! Vatanimizdan bu yil ushbu muqaddas ibodatni ado etayotgan bo‘lajak hojilarimizga qulayliklar tilaymiz. Avvalo, bu yilgi Haj marosimi avvalgi yillardan qaysi jihatlari bilan farq qilishi haqidagi gapirib bersangiz.

– Istiqlol sharofati bilan milliy urf-odatlarimizni tiklash, muqaddas dinimizni, aziz-avliyolarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, tabarruk qadamjolarini obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yurtdoshlarimizning islom dinining ulug‘ arkonlari, jumladan, haj va umra ziyoratlarini emin-erkin, qanoat va shukronalik bilan ado etishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Sobiq Ittifoq davrida fuqarolarimizning Haj va Umra amallarini bajarib kelishdek ulkan armonlari ro‘yobga chiqdi. Sho‘rolar davrida Haj safariga mamlakatimizdan yiliga atigi 2 yoki 3 kishi borib kelgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida jami 196 ming nafar fuqarolarimiz ushbu muqaddas amallarini bajarib qaytdilar.

Mamlakatimizda Haj va Umra ziyoratini tashkil qilish va o‘tkazish masalasiga oliy darajada e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator Qaror va Farmonlari qabul qilingan. Shu bilan birga, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan. Tuzilmaning asosiy vazifasi ziyoratlarni yuqori saviyada, uyushgan holda tashkil etish hamda fuqarolarimizga O‘zbekistonda va Saudiya Arabistoni Podshohligida zarur barcha shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Vatandoshlarimizni kutib olish, kuzatish va ularga qulay sharoitlar yaratish uchun Jidda shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tarkibida maxsus attashe lavozimi ham tashkil etilgani e’tiborga molik.

Har yili O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatlari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Haj ziyoratini hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Podshohlikning “al-Hidoya” xalqaro shirkati o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida fuqarolarimiz Umra safarlarini amalga oshirib qaytardilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy yildan boshlab Haj safariga 7200 nafar hamda keyingi yildan esa Umra safariga 10 ming fuqarolarimizni safarga yuborish belgilandi.

– “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilidagi muhim voqealardan biri Haj-2017 mavsumida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun muqaddas safarni amalga oshirish imkoniyati berilgani bo‘ldi. Hukumatimizning urush faxriylariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi va e’tibori borasidagi mulohazalaringizni bilishni istar edik.

–Jamiyatimizda tinchlik, totuvlik, osoyishtalik, barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shgan urush faxriylariga yuksak e’tirof va rag‘bat, izzat-ikrom, e’zoz-ehtirom, yuksak e’tibor ko‘rsatib kelingan. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi taklifi bilan bu yilgi Haj mavsumida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini imtiyozli ravishda haj safariga yuborish taklifi hukumatimiz tomonidan ma’qullandi.

Mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muqaddas safar oldidan faxriylarimizning sog‘liqlarini tiklab olishlari uchun sharoitlar yaratilib, turli sihatgohlarda dam olishlari tashkil etildi. Ularga qulaylik yaratish maqsadida oxirgi reys bilan Saudiyaga olib borilib, birinchi reys bilan vatanimizga qaytarib olib kelish belgilangan.

Safar davomida 150 ga yaqin (74 nafar urush qatnashchisi va ularning hamrohlari) faxriylarimiz haj amallarini bekamu-ko‘st bajarishlari uchun ularga 6 nafar shifokor bevosita xizmat ko‘rsatadi.

Haj-2017 mavsumida 150 nafar urush qatnashchisi bilan hisoblaganda jami 7350 nafar o‘zbekistonlik fuqarolar safarga yuboriladilar.

– Ushbu muhim va yuksak mas’uliyatli tadbirni yuqori darajada o‘tkazish, tabiiyki, Qo‘mita vakillari va barcha manfaatdor tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilishini talab qiladi. Fursatdan foydalanib, Haj-2017 mavsumiga tayyorgarlik jarayoni qanday kechgani haqida biroz so‘zlab bersangiz...

– SAPning muqaddas shaharlarida ziyoratchilarimizga xizmat ko‘rsatish maqsadida 35 nafar ishchi guruhi, bo‘lg‘usi hojilarimiz istiqomat qiladigan mehmonxonalarda ularning sog‘liqlarini nazorat qilib turish hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 35 nafar shifokorlar guruhi, fuqarolarimizga lazzatli o‘zbek milliy taomlaridan tayyorlab berish maqsadida 15 nafar oshpazlar guruhi hamda ziyoratchilarimizga 140 nafar guruh rahbarlari xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

Vatandoshlarimiz davlatimiz ramzlari tushirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar hamda haj amallarini bajarish bo‘yicha zarur tavsiyalar beradigan “Hajnoma” kitobchasi va videodisklar bilan ta’minlandilar.

Yana fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, ziyoratchilarimiz “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining zamonaviy samolyotlarida Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Urganch hamda Qarshi aeroportlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga kuzatish tashkil qilindi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 100-150 metr narida joylashgan “Javharat ar-Roshid”, Makka shahrida esa Haram masjididan 5 ming metr uzoqlikdagi 2016 yilda ishga tushirilgan to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi xizmat ko‘rsatadi. U yerda ziyoratchilarimizning sog‘liqlarini doimo nazorat qilib turish maqsadida ayollar va erkaklar uchun alohida tibbiy punktlar tashkil etilgan. Har bir xona muzlatgich, televizor hamda sovutgich bilan jixozlangan.

O‘zbekistonlik hojilar Madina shahrida 3 kecha - 4 kunduz bo‘lib, bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganlaridan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladilar.

Ziyoratchilarimizga Madina-Makka va Makka-Jidda yo‘nalishlarida harakatlanishlari uchun zamonaviy avtobuslar xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, Makka shahrida ziyoratchilarimizning Xaram masjidiga qatnashlari uchun 24 soatlik avtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

– Ortiqbek Odilovich, mamzunli suhbatingiz uchun tashakkur izhor etamiz!

“Jahon” AA