Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONLIK MEHMONXONA VA RESTORAN BIZNESI VAKILLARI GERMANIYA TAJRIBASINI O’RGANISHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONLIK MEHMONXONA VA RESTORAN BIZNESI VAKILLARI GERMANIYA TAJRIBASINI O'RGANISHMOQDA

FRANKFURT-MAYN, 22 noyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 18-25 noyabr kunlari Buxoro hokimiyati Iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish bo’limi, mehmonxona va restoran xizmati vakillaridan iborat delegatsiya germaniyalik hamkorlar bilan o’zaro tajriba va bilimlarini almashish maqsadida Bonn shahrida bo’lishdi.

Mazkur uchrashuv mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, Buxoro-Bonn birodarlashgan shaharlari, Bonn shahri meriyasi va Germaniya-O’zbekiston do’stlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida delegatsiya a’zolari Robert Vetslar kasb-hunar kolleji, Bonn shahri Sog’liqni saqlash boshqarmasi, shahar restoran va mehmonxonalarida bo’lishdi. Shuningdek, Germaniya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha “QS Qualität und Sicherheit” (tarj. “Sifat va xavfsizlik”) mas’uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etilgan “Germaniyada ishlab chiqarilgan: oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi davra suhbati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish borasida o’zaro tajriba almashish bilan birga, ommaviy ovqatlanish va undagi sifat nazoratini ta’minlash masalalari bo’yicha Germaniya tajribasini o’rganish bo’ldi. Taniqli “Made in Germany” sifat belgisini nazorat qiluvchi “QS Qualität und Sicherheit” MChJ vakillari kelajakda yurtimizning sohaga tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Tadbir davomida o’zbekistonlik mutaxassislar Germaniya oziq-ovqat sanoati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda sifat va xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat rasmiy idoralari bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlarning o’rni va nazorat qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Bunda aholi salomatligini himoya qilish, sifatsiz va sog’liq uchun zararli mahsulotlarning sotuvini oldini olishdagi samarali vositalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Dunyo” AA