O’ZBEKISTONLIK RASSOMLAR PARIJDAGI XALQARO SAN’AT MARKAZIDA O’Z IJODLARINI NAMOYISH ETDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Badiiy akademiyasining xabar berishicha, mamlakatimizda ijod qiladigan rassom Inna Sandler joriy yilning 3 aprelidan 29 iyunigacha Parijdagi Xalqaro san’atlar markazida faoliyat ko’rsatdi. U mazkur markazda 20 ga yaqin suratlarni o’z ichiga oluvchi o’zining “Dada” turkumini (yog’och ot o’yinchog’i obrazi) namoyish qildi.
Rassom ishlarining ko’rgazmasi Parijda 16 iyun kuni bo’lib o’tdi. Yaqin orada ushbu ko’rgazma Toshkentda ham namoyish etiladi.
Yana bir o’zbekistonlik rassom Jamol Usmonov ham 3 oy mobaynida shu markazda bo’ldi.
Parijdagi Xalqaro san’atlar markazi har yili o’zining 324ta ustaxonasida 50ga yaqin davlatdan minglab rassomlarni qabul qiladi. O’zbekistonlik rassomlar Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi va Parijdagi Fransiya instituti ko’magi bilan markazga borish imkoniyatidan foydalanib kelishmoqda. Ular orasida rassomlar Bobur Ismoilov va Yuliya Drobova ham bor.
“Jahon” AA