O‘ZBEKISTONLIK TADBIRKORLAR XALQARO YARMARKADA 1,1 MILLION DOLLARLIK EKSPORT SHARTNOMALARI IMZOLADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan «Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ziyod qatnashchi qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik va qo‘l mehnati buyumlarini taqdim etdi. O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari barchaning e’tiborini tortdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 8-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Tadbirkorlarning chet mamlakatlarlarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperatsion birjalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishiga ko‘maklashmoqda.
Joriy yilning o‘tgan oylarida jamg‘armaning moliyaviy, tashkiliy va huquqiy ko‘magi orqali tadbirkorlarimiz o‘nga yaqin xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashdi. Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro yarmarka ana shulardan biri.
Milliy kolorit bilan bezatilgan O‘zbekiston pavilyoni o‘ziga xos dizayni va keng assortimenti bilan ko‘rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Tadbirkorlarimiz taklif etgan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifati, raqobatbardoshligi xaridorlarga ma’qul bo‘ldi.
«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasi mamlakatimiz tadbirkorlari uchun chet ellik ishbilarmonlar bilan yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratdi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 1,1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolandi. Qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishildi.
O’zA