O’ZBEKISTONLIK ZIYORATCHILARNING 484 NAFARDAN IBORAT DASTLABKI GURUHLARI SAUDIYA ARABISTONIGA JO’NAB KETDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 3- sentabr kuni o’zbekistonlik ziyoratchilarning 484 nafardan iborat dastlabki guruhlari ikkita reysda Toshkent-Madina yo’nalishi bo’yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga haj safariga jo’nab ketdilar, deb xabar beradi O’zbekiston Repsubliikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita.
Ziyoratchilarga safardan oldin Davlat ramzi tushirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, “Hajnoma” kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.
Joriy yilning 27 -sentabr - 8 oktabr kunlari “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan Jidda-Toshkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Samarqand, Jidda-Termiz Jidda-Farg’ona, Jidda-Andijon hamda Jidda-Urganch yo’nalishlari bo’yicha o’zbekistonlik hojilarni Vatanimizga olib kelish amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz, bu yili mamlakatimizdan 5200 nafar ziyoratchi haj amalini bajaradilar.
“Jahon” AA