O’ZBEKISTONNING AFSONAVIY NONLARI AMERIKALIKLARNI QOYIL QOLDIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Amerika Qo’shma Shtatlarida nashr etiladigan “Aramco World” jurnali sahifasida “O’zbekistonning afsonaviy nonlari” sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Unda o’zbek milliy nonini yopish san’ati haqida atroflicha fikr yuritilgan.
Maqolada qayd etilganidek, “O’zbekistonda xilma-xil nonlarni ko’rish mumkin. Non tayyorlash - oson ish emas. Bu ish bilan asosan maxsus ko’nikmalarga ega bo’lgan, kasbni avloddan meros olgan odamlar shug’ullanishadi”.
Mazkur maqolada xamir tayyorlashdan tortib non yopishgacha bo’lgan barcha ishlar muallif tomonidan o’quvchilarga bosqichma-bosqich tushuntirib berilgan.
Shuningdek, nashr O’zbekistonning har bir viloyatida tayyorlanadigan tandir noni o’zining hajmi, ko’rinishi, salmog’i va hatto ta’mi bilan ham bir-biridan farq qilishini, har bir hudud o’z noni bilan faxrlanishini ham o’quvchilarga ma’lum qilgan.
Maqolada non insonning kundalik iste’moli, azaldan aziz ne’mat sifatida ulug’lanib kelinishi, nonni teskari qo’yish unga hurmatsizlik deb qaralishi, uning hatto ushog’i ham oyoq ostida qolishiga yo’l qo’ymaslik lozimligi singari o’zbek milliy qadriyatlari ham qalamga olingan.
“Nonni qo’l bilan bo’laklarga bo’lish va dasturxon atrofida o’tirgan mehmonning oldiga qo’yish minglab yillar davomida bu zamin xalqi mehmondo’stligining ajralmas qismi hisoblanib keladi”, deb yozadi “Aramco World” jurnali.
“Jahon” AA, Vashington