Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONNING EKSPORT SALOHIYATI KIYEVDA NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONNING EKSPORT SALOHIYATI KIYEVDA NAMOYISH ETILDI

Ukraina poytaxtida «IWCK Charity Bazaar» xalqaro ayollar klubining XXIV yillik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonning eksport salohiyati taqdim etildi.

Tadbir davlatlarning namoyishlari bilan ochildi. Uning ishtirokchilari o’z mamlakatlarining an’anaviy musiqalari sadosi ostida tanishtirildi. U yerda, jumladan, «Andijon polkasi» ham yangradi.

Ko’rgazma doirasida O’zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Tadbir mehmonlari uchun bu yerda o’zbek xalqining o’ziga xos va rang barang madaniyati, pazandachilik namunalari va san’ati, shuningdek, sanoat va to’qimachilik, milliy maishiy texnika mahsulotlari hamda o’zbek xalq ustalari tomonidan yasalgan kulolchilik buyumlari namoyish etildi.

O’zbekiston stendi mehmonlariga mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, tarixiy me’moriy obidalari, o’zbek xalqining boy ma’naviy va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ular mamlakatimizda yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlaridan bahramand bo’lishdi. Mehmonlar, shuningdek, O’zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi kolleksiyasida bo’lgan o’zbek musavvir va haykaltaroshlarining asarlari bilan tanishib, Vatanimiz haqidagi o’z taassurotlarini boyitish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Ko’rgazma ishtirokchilari o’zbek to’qimachilik sanoati namunalari va o’z mahsulotlarini Ukraina bozorida sotilishini yo’lga qo’ya boshlagan ARTEL kompaniyasining maishiy texnikalariga yuqori baho berishdi.

“Jahon” AA, Kiyev