“O’ZBEKISTONNING FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH SOHASIDAGI TAJRIBASI KATTA QIZIQISH UYG’OTMOQDA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Jahon” axborot agentligining Seuldagi muxbiri MDH va Rossiya mamlakatlari bo’yicha instituti professori Koryo Son Yun Hak bilan suhbatlashdi.
U joriy yilning 29-30-iyul kunlari Toshkentda “Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi.
Uchrashuv chog’ida Janubiy Koreya eksperti quyidagilarni ta’kidladi:
— Men uchun fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida O’zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyotni o’rganishga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etish ulkan sharafdir. Bu yo’nalishda mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar menda katta qiziqish uyg’otdi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilarini Janubiy Koreyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida qo’llaniladigan amaliyot hamda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash borasida ish yurituvchi maxsus komissiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirdim.
O’zbekiston parlamenti huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha alohida fond faoliyat yuritishi va respublikaning asosiy nodavlat tuzilmalarini birlashtiruvchi maxsus uyushmalarning mavjudligi quvonarli hold. Ushbu institutlarning samarali ish tajribasi yuksak e’tirofga loyiq. Mazkur tajriba boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkinligiga ishonchim komil.
“Jahon” AA, Seul