Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekistonning ko‘ptomonlama hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekistonning ko‘ptomonlama hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 14-15 oktabr kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (TDHK, Turkiy kengash) Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston 14 sentabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini (2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy kengashning 2018 yil 3 sentabr kuni Cho‘lpon-ota (Qirg‘iziston) shahrida bo‘lib o‘tgan oltinchi sammitidagi ishtiroki O‘zbekistonning TDHK bilan munosabatlari solnomasida muhim voqea bo‘ldi.

TDHKni tuzish tarixi haqida so‘z ketar ekan, turkiy tilli davlatlar rahbarlarining birinchi sammiti O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlarining tashabbusi bilan 1992 yil 30 oktabr kuni Ankara (Turkiya) shahrida o‘tkazilganini eslash maqsadga muvofiqdir.

Keyinchalik bunday sammitlar 1994 va 2001 yillar Istanbul (Turkiya), 1995 yil Bishkek (Qirg‘iziston), 1996 yil Toshkent (O‘zbekiston), 1998 yil Ostona (Qozog‘iston), 2000 yil Boku (Ozarbayjon), 2006 yil Antaliya (Turkiya) va 2009 yil Naxichevan shaharlarida tashkil etilgan. Oxirgi uchrashuvda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining tuzilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan Naxichevan bitimi imzolangan.

2011 yildan boshlab Turkiy kengash davlat rahbarlarining uchrashuvlari har yili o‘tkazilmoqda. Ularda dolzarb xalqaro masalalarga yechim topishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi, birgalikdagi ishlarning istiqbollari belgilanadi, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq boshqa mavzular o‘rganiladi.

Turkiy kengash doirasida bir necha tuzilma faoliyat yuritadi. Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) tashkilotning joriy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi, Davlat rahbarlari kengashi majlislari muhokamasiga taqdim etish uchun dolzarb xaqaro muammolarni o‘rganadi, Yuqori lavozimli shaxslar qo‘mitasi TIVK qabul qiladigan va Davlat rahbarlari kengashida tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini o‘rganadi va ma’qullaydi, Oqsoqollar kengashi esa doimiy faoliyat yuritadigan maslahat-kengash instituti vazifasini bajaradi.

Davlat rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlari kengashlari, Qo‘mita majlislarini o‘tkazish bo‘yicha zarur bo‘lgan ma’muriy, tashkiliy, protokol va texnik tadbirlar, TDHK rahnamoligidagi boshqa uchrashuv va tadbirlar Turkiy kengash kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyatga ishtirokchi davlatlar fuqarolaridan rotatsiya asosida uch yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. Uning vakolati yangi muddatga uzaytirilmaydi.

Turkiy Kengash qanoti ostida Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti (TURKSOY), Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TurkPA), Turkiy madaniyat jamg‘armasi, Xalqaro turkiy akademiya kabi yana bir necha tuzilma mavjud. Shuningdek, Ishbilarmonlar kengashi turkiy tilli davlatlar tadbirkorlik doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ko‘mak beradi va TDHKning yordamchi organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil sentabr oyida Turkiy kengashning Cho‘lpon-ota sammitida TDHK bilan aloqalarni kuchaytirish, jumladan, Xiva shahrini Turkiy dunyoning madaniy poytaxti etib e’lon qilish, Turkiy davlatlar ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha tashabbuslarni old surdi.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning TDHKga a’zo mamlakatlar o‘rtasida shakllangan samimiy va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, birgalikdagi taraqqiyot va faravonlik yo‘lida o‘zaro manfaatli va amaliy iqtisodiy hamkorlik tarafdori ekanini namoyon etdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Tashkilotning Boku sammitida Xiva shahri Turkiy dunyoning 2020 yildagi madaniy poytaxti etib e’lon qilinishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida 5 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro tashkilot Bosh kotibi Bagdad Amreyevning qabul qilingani, Turkiy davlatlar ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi va Investitsiyaviy forumning muvaffaqiyatli o‘tgani Markaziy Osiyo mamlakatlari va turkiy olam har tomonlama iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

O‘zbekistonning Turkiy kengashga a’zo bo‘lish bo‘yicha qarori mamlakatimiz rahbariyatining mintaqa va dunyoda mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonning TDHKga qo‘shilishi mazkur tashkilot salohiyatini sezilarli tarzda oshiradi, uning doirasidagi hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradi. Bu esa, o‘z navbatida, turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasidagi samarali ko‘ptomonlama va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, nafaqat mintaqa, balki uning tashqarisida ham tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shishga imkon beradi.

«Dunyo» AA