Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDAGI TAJRIBASI - JAHON HAMJAMIYATI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDAGI TAJRIBASI - JAHON HAMJAMIYATI NIGOHIDA

Toshkent shahrida 22-23-aprel kunlari bo’lib o’tgan “Fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining roli: O’zbekiston tajribasi” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya xorijiy davlatlarning ijtimoiy-siyosiy va ekspert doiralari o’rtasida katta qiziqish uyg’otgani barobarida mahalliy va chet ellar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.

Ma’lumki ushbu xalqaro tadbir yuqori darajadagi, nufuzli ekspert va mutaxassislarni o’z atrofiga jamladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har ikki palatasi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti, Kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi, O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining rahbarlari, Germaniya, Daniya, Gruziya, Xitoy, Qozog’iston, Litva, Moldova, Rossiya, Fransiyadan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etgan ushbu anjuman barcha davlatlar va jamiyatlar uchun dolzarb bo’lgan mavzuni muhokama qilishga imkon berdi. Qolaversa, mazkur konferensiya fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlarini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston tajribasi bilan dunyo jamoatchiligini yaqindan va samarali tanishtirishga sharoit yaratdi.

Mazkur xalqaro anjuman taraqqiyotning “o’zbek modeli”ga, uning eng asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan “kuchli ijtimoiy siyosat yuritish”ga nisbatan xalqaro miqyosdagi qiziqishni kuchaytirdi va u o’zining katta aks-sadosini berdi.

Misol uchun, ushbu xalqaro konferensiya va uning yakunlari to’g’risidagi axborot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tashkilotga a’zo 193 mamlakat o’rtasida tarqatildi. Millatlar hamjamiyati mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari muhrlab qo’yilgani, ular mehnat sohasidagi xalqaro me’yorlarga to’la mos kelishi, yoshlar va ayollar bandligi ta’minlanishidagi alohida imtiyoz va kafolatlar, ishchilar uchun munosib mehnat sharoitlarining yaratilgani, ayollarga bola parvarishi uchun qo’shimcha ta’tillar berilishi, onalik bilan bog’liq turli haq to’lovlari va aholining ijtimoiy himoyasi yuzasidan ko’rilayotgan boshqa chora-tadbirlarga doir batafsil ma’lumotlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, mazkur konferensiya yakunlari to’g’risidagi materiallar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 57 ta ishtirokchi davlati, YEXHT institutlari va dala missiyalari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi va MDH a’zo mamlakatlari o’rtasida ham tarqatildi.

Toshkent xalqaro forumi mavzusiga nisbatan qatta qiziqish va e’tiborni chet ellarning ommaviy axborot vositalarida ham kuzatish mumkin. Masalan, Latviyaning “Baltic News Service” (BNS) yangiliklar portalida chop etilgan ushbu konferensiya haqidagi maqolada O’zbekiston kasaba uyushmalari fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlarini ta’minlash yo’lidagi vazifalarini ado etish bilan bog’liq batafsil ma’lumotlar anjuman ishtirokchilarining e’tiboriga havola etilgani xususida so’z boradi.

BNS mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilayotgani tufayli xodimlar va ular oila a’zolarining manfaatlari va mehnat huquqlarini ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmlari yaratigani bilan o’z o’quvchilarini tanishtiradi. “Mamlakatda 2014-2016-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha O’zbekiston hukumati, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi o’rtasida tuzilgan Bosh kelishuv amal qilmoqda, deb yozadi “Baltic News Service”. Ushbu hujjat xodimlarning turli toifalari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlovchi majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Hujjat orqali mamlakatimizda 90 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuv, bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda esa 100 mingdan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda. Barcha jamoa-shartnomaviy hujjatlarda munosib mehnatning rasmiy bandlikka ko’maklashish, munosib ish haqi to’lash, mehnat muhofazasi hamda xavfsizligi, xodimlarning huquqiy, ijtimoiy himoyasi, xotin-qizlar va yoshlar uchun imtiyozlar, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalariga rioya etish kabi tarkibiy qismlari aniq belgilab qo’yilgan.

Hindistonning “Sarkaritel” va “Diplomacy India” axborot-tahlil portallarida O’zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o’rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqot yo’lga qo’yilgani xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilayotgani xususida xorijiy ekspertlar hamjamiyati vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va baholarni o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan. Mazkur ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda mehnat sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida boy tajriba to’plangani, xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash uchun kasaba uyushmalariga keng vakolatlar berilgani va bunday imkoniyatlar samaralariga e’tibor qaratishgan.

Konferensiya yakunlari haqida to’xtalar ekan, “Sarkaritel” quyidagilarni yozadi:

“Xalqaro tashkilotlar, xorij kasaba uyushmalari vakillari va chet ellik mutaxassislar fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston tajribasini yuqori baholashdi. Xususan, respublikada bandlik imkoniyatlarini kengaytirishda va daromad olishda, ijtimoiy himoya va ijtimoiy muloqotni mustahkamlash tizimlarini takomillashtirishda yuqori natijalarga erishilgani alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O’zbekistonda mehnat qonunchiligi va fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari xalqaro me’yorlarga to’la mos, ko’plab masalalarda esa ulardan ham ortiq ustunlikka egadir. Fuqarolarning mehnat huquqi va munosib mehnat haqiga bo’lgan huquqi to’la ta’minlangan.

Korxonalarda, tashkilot va muassasalarda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o’rtasida imzolanadigan jamoa shartnomalari asosida bandlikka ko’maklashish, tashkil etilayotgan yangi ish joylarida qulay hamda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ularga qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar berish, kadrlarni qayta tayyorlash bo’yicha ish olib borilmoqda”.

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh mutaxassisi Sergeyus Glovatskas bildirgan fikrlarni keltirar ekan, portal mazkur konferensiya O’zbekiston va Xalqaro mehnat tashkilotining o’tgan yillar davomidagi qizg’in qo’shma ishlariga mantiqiy yakun yasaganini qayd etadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o’rtasida 2014-2016-yillar uchun Munosib mehnat dasturi qabul qilinganligi muhim voqea bo’ldi. “Hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan turli qo’shma loyihalarni amalga oshirishda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan faol hamkorlik davom etadi. Bu eng avvalo, Munosib mehnat dasturini hayotga tadbiq etish bo’ladi”, deb yozadi Sarkaritel.

O’z navbatida, “Diplomacy India” portali Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlar faoliyati bo’yicha Yevropa bo’limi byurosining katta mutaxassisi Volfgang Lyutterbaxning fuqarolarda mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlar kafolatlarini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston tajribasi qiziqarli va o’rganishga arziydi, deb bildirgan fikrlarini keltiradi.

“Mamlakatda 2014-2016-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha O’zbekiston hukumati, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi o’rtasida tuzilgan Bosh kelishuvda foydali jihatlar ko’p. Xodimlar va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar reglamentlashtirib qo’yilgan, lokal hujjatlarning amalga oshirilishi bo’yicha esa samarali va shaffof jamoatchilik nazoratining mexanizmlari shakllangan. Bunday ijtimoiy muloqot tegishli masalalarni ijobiy va samarali hal qilish imkonini beradi”.

Konferensiyaning xorijlik ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ham O’zbekistonda bu yo’nalishda ko’rilayotgan chora-tadbirlarning haqqoniyligi va ahamiyatliligidan dalolat beradi.

Jumladan, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibining birinchi o’rinbosari Yaap Vinen mamlakatimizning bu sohada qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlariga yuqori baho berar ekan, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan sermahsul hamkorligi yanada kengayishiga umid bildirdi.

“Bunday sermahsul aloqalar natijasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga a’zo bo’lishiga umid qilaman, chunki bu ikki tizimni umumiy maqsad birlashtirib turadi - aholining mehnat qiladigan qismi haq-huquqlarini himoya qilish va ta’minlash”, deya ta’kidladi ekspert.

O’z navbatida, Fransiya Mehnat umumkonfederatsiyasi vakili Pyer Kutaz O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatidagi yuqori darajadagi a’zolikka, ularning soni 6 milliondan oshishiga e’tiborini qaratdi. “Fransiyada kasaba uyushmalariga a’zolikning darajasi bunday katta emas, dedi u bo’lib o’tgan intervyu chog’ida. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidek shunday katta jamoat tashkilotini ayol boshqarayotgani ham e’tiborga molikdir. Fransiya Mehnat umumkonfederatsiyasi bir asrdan ziyod davr davomida mamlakat mehnat kishilarining haq-huquqlarini himoya qiladigan eng ko’hna tashkilotlardan biri bo’lishiga qaramasdan biz bunga erisholganimiz yo’q.

Shunisi juda muhimki, O’zbekiston yoshlarni qo’llab-quvvatlashni o’z siyosatining asosiy ustuvorliklaridan biri, deb e’lon qilgan. Aholining ijtimoiy jihatdan bu nozik guruhiga alohida e’tibor qaratilishi, xodimlarning bandligiga ko’maklashish, ularga munosib mehnat haqi to’lanishi, huquqiy va ijtimoiy himoyasi ta’minlanishi, ular uchun imtiyozlar berilishi zarur”.

Shu tariqa, O’zbekistonning ijtimoiy-mehnat sohasidagi tajribasiga nisbatan xalqaro hamjamiyat tomonidan bo’layotgan qiziqishning sababi respublikamizning bu borada qo’lga kiritgan yuksak muvaffaqiyatlari bilan izohlanishini Toshkent konferensiyasi yakunlari yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, ushbu anjumanning yakunlari jahondagi eng ilg’or tajribani o’rganish, shu jumladan, xorijlik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish vositasida o’zaro mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish ishiga ko’maklashadi.

“Jahon” AA