Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTONNING SAYLOV TIZIMI DEMOKRATIK TALABLARGA TO’LA JAVOB BERADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTONNING SAYLOV TIZIMI DEMOKRATIK TALABLARGA TO'LA JAVOB BERADI”

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasida respublikamizda bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Malayziya ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-tahlil doiralarining taniqli namoyandalari, sohaga aloqador muassasalar, yirik savdo va ishlab chiqarish kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv chog’ida ta’kidlanganidek, 2016-yil 4-dekabr kunga belgilangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik singari demokratik tamoyillar asosida o’tadi.

Shuningdek, davra suhbati qatnashchilari respublikamizda milliy saylov qonunchiligining mazmun-mohiyatini aholiga, shu jumladan, yoshlarga tushuntirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilayotgani bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tadbir intihosida uning ayrim ishtirokchilari “Jahon” axborot agentligiga intervyu berdilar.

Jumladan, RHA Sdn. Bhd. noshirlik uyining asoschisi va bosh ijrochi direktori Ramachandran Radjendran O’zbekistonda demokratik talablarga to’la javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratilgani, mamlakat fuqarolarining o’z hohish-irodalarini erkin ifoda etishlarini ta’minlaydigan hamda xalqaro saylov me’yorlari va tamoyillariga muvofiq keladigan samarali saylov qonunchiligining asosi shakllanganini qayd etdi.

Uning fikr bildirishicha, hozirgi muhim va mas’uliyatli pallada mamlakat hukumati tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda o’zbek xalqining birdamligi bo’lajak Prezident saylovlari saylovchilarning yuqori faolligida, uyushqoqlik bilan va muvaffaqiyatli o’tadi, deya xulosa chiqarishga imkon beradi.

Shuningdek, R.Radjendran O’zbekiston hamda Malayziya o’rtasidagi ko’p yillik va samarali hamkorlik barcha muhim yo’nalishlarda bundan keyin ham ravnaq topajagiga komil ishonch bildirdi.

O’z navbatida, “OIC Today” jurnali noshiri va bosh muharriri Muhammad Radja Talib O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida xalqaro va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo’shgan salmoqli hissasi tufayli mamlakatimiz dunyo miqyosida katta hurmat va obro’-e’tibor qozonganini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, O’zbekistonning 2016-yilda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilishi ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Shuningdek, nashr bosh muharririning aytishicha, mamlakatimizda aholini milliy saylov qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mohiyati bilan yaqindan tanishtirish borasidagi ishlar samarali yo’lga qo’yilgani ham katta e’tiborga molik jihatdir.

Muhammad Radja Talib respublikamizda aholining saylovlarda keng ishtirok etishlari hamda ular o’zlarining saylov huquqini amalga oshirishlari uchun barcha zarur huquqiy asoslar yaratilgani e’tirof etdi.

“Jahon” AA, Kuala-Lumpur