O’ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI BELGIYADA TAQDIM ETILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Belgiyaning Lyuven shahrida joylashgan «Brabant Hall» ko’rgazmalar markazida pan’anaviy sayyohlik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Mamlakatdagi yetakchi sayyohlik operatorlaridan biri hisoblanadigan «Hobo Reisen” sayyohlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbirda dunyoning 40 dan ziyod mamlakati o’z sayyohlik salohiyatini namoyish etdi.
Ular qatorida O’zbekiston ham bor edi. Mamlakatimizning Belgiya qirolligidagi diplomatiya missiyasi tomonidan O’zbekiston bag’rida joylashgan tarixiy shaharlar aks etgan suratlar ekspozitsiyasi hamda o’zbek xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan tayyorlangan rang-barang mahsulotlar namoyish etildi. Ular ko’rgazma ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, ko’hna me’morchiligi hamda respublikamizning zamonaviy rivojlanishi haqida hikoya qiladigan hujjatli film namoyishi ham ularda unutilmas tassurot qoldirdi.
Yuqoridagilardan tashqari, mazkur ko’rgazma doirasida O’zbekistonning sayyohlik salohiyatining taqdimoti ham tashkil etildi. Unda mamlakatimiz bo’ylab qiziqarli sayyohlik yo’nalishlari tafsilotlariga alohida urg’u berildi.
Belgiyaliklarda mamlakatimizga nisbatan qiziqishning katta ekanligini hisobga olib, ko’rgazma-yarmarkaning tashkilotchilari O’zbekiston bo’ylab sayohat uyushtirishga ixtisoslashgan turoperator chiqishiga alohida imkoniyat yaratdilar. Mahalliy mutaxassis taqdimot qatnashchilariga Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz singari tarixiy shaharlarimizning boy sayyohlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ko’rgazma ishi kunlari davomida mintaqadan O’zbekiston bo’ylab sayohatlarda ishtirok etish istagi bildirilgan ko’p sonli buyurtmalar qabul qilingani ham Benilyuks mamlakatlarida mamlakatimizga bo’lgan qiziqishning qay darajada ekanligidan dalolat beradi.
Ko’rgazma chog’ida «Jahon» axborot agentligi muxbiri tadbirning ayrim ishtirokchilari bilan suhbatda bo’ldi.
«Hobo Reisen” sayyohlik kompaniyasining vitse-prezidenti Dirk Roberts O’zbekiston Belgiyadagi mashhur ko’rgazmalardan biri hisoblanadigan Lyuven sayyohlik anjumanining doimiy ishtirokchilaridan biri sanalishini qayd etdi.
— Yevropaliklarda O’zbekistonga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, - dedi u. - Chunki yurtingiz boy tarixiy merosga ega bo’lgani barobarida Markaziy Osiyoning eng barqaror va gullab-yashnayotgan mamlakati hisoblanadi. Shuni ham aytib o’tishni istar edimki, 2015-yili kompaniyamiz O’zbekiston bo’ylab to’rtta yirik sayohatni tashkil qildi. Sayohatchilarimiz mamlakatingizdan juda mamnun bo’lib qaytishdi. Shu bois joriy yilda respublikangizga borishni istagan yevropalik sayyohlar sonining yanada oshishiga ishonchim komil. Chunki boy tarix, madaniyat, landshaft, o’zbeklar zamini iqlimi hamda a’lo darajada rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi singari muhim omillar ana shunday fikr bildirishimiz uchun asos bo’ladi.
Mamlakatmizda bir necha marotaba bo’lgan «Hobo Reisen” sayyohlik kompaniyasining turlideri Enn Tullens yurtimiz bo’ylab kechgan har bir safar o’zida iliq va unutilmas taassurotlar qoldirganini ma’lum qildi.
— Sayohat uchun O’zbekistonni tanlaganim bejiz emas, - dedi u. - Mamlakatingizda bizlarni mahliyo qiladigan hamma jihatlar mavjud - boy tarix, noyob madaniy va me’moriy yodgorliklar, juda mehmondo’st, ochiq ko’ngil xalq va hokazo. Shubhasiz, ko’pchilik sayyohlarni o’zbek milliy oshxonasi, quyoshli o’lkangizda yetishtirilgan, ekologik jihatdan toza bo’lgan mevalar ham qiziqtiradi. Bulardan tashqari, bugungi kunda O’zbekiston yuqori darajada rivojlangan sayyohlik infratuzilmasiga, go’zal mehmonxona, zamonaviy aeroportlar, xalqaro andozalarga javob beradigan xizmat ko’rsatishlarga ham egadir.
“Jahon” AA, Belgiya