Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI LATVIYADA TAQDIM ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI LATVIYADA TAQDIM ETILDI

Latviyaning Salatsgriva shahrida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur shahar kengashi, o‘lka Dumasi, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari hamda sayyohlik sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.

Uchrashuv chog‘ida o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatimizning betakror sayyohlik imkoniyatlari, jumladan, ishlab chiqilgan yangi sayohat yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonning rivojlangan transport infratuzilmasi haqidagi atroflicha ma’lumotlar tadbir qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi.

Shuni ham qayd etish lozimki, taqdimot chog‘ida sayyohlik sohasida respublikamiz mintaqalari ega bo‘lgan salohiyatga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonning so‘lim go‘shalaridan biri - Farg‘ona vodiysi, uning iqlimi, mehmondo‘st aholisi, mintaqa bag‘rida joylashgan tarixiy yodgorliklari, ko‘ptarmoqli transport-kommunikatsiya imkoniyatlari hamda yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalari haqidagi ma’lumotlar marosim ishtirokchilarida jonli qiziqish uyg‘otdi. Farg‘ona viloyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyishi esa tasavvurlarni yanada boyitdi.

Taqdimotda mamlakatimiz poytaxtini Latviya bilan, shuningdek, Xiva, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Termiz singari sayyohlik ganjinalari va boshqa hududlar bilan bog‘laydigan muntazam havo qatnovlariga doir ma’lumotlar haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir intihosida uning ayrim qatnashchilari mamlakatimiz sayyohlik industriyasining rivojlanishi to‘g‘risidagi o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

Dagnis Straubergs, Salatsgriva o‘lkasi Dumasining raisi:

— Bugun taqdim etilgan ma’lumotlar hamda mintaqalarimiz o‘rtasida sayyohlik jabhasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish istiqbollari bizni faol hamkorlik qilishga rag‘batlantiradi.

Biz, shubhasiz, ikki tomonlama sayyohlar oqimini oshirish uchun mamlakatlarimiz turkompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyormiz. Bundan tashqari, har ikki tomonda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun aniq sayohat paketlarini ishlab chiqish sohasida tajriba almashish yuzasidan qiziqish mavjuddir.

Liyene Some-Tiyesnese, Salatsgriva o‘lkasidagi Sayyohlik axborot markazining direktori:

— O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatadigan sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlar bilan hamkorlikning yangi qirralarini o‘rnatish va mavjud o‘zaro aloqalar ko‘lamlarini yanada kengaytirish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlik almashuvlarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashadi. Shu boisdan ham joriy yil oktyabr oyida O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etish, o‘zbek sheriklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz. Biz, shuningdek, respublika mintaqalarida mavjud bo‘lgan sayyohlik salohiyati bilan bevosita tanishish va sayohatlar tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni ham rejalashtirmoqdamiz.

“Jahon” AA, Riga-Salatsgriva