O’ZBEKISTONNNING INSON HUQUQLARI SOHASIDA BMT TARAQQIYOT DASTURI BILAN HAMKORLIGI YUQORI BAHOGA SAZOVOR BO’LDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil fevral oyining oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida Inson huquqlari bo’yicha BMT Kengashining 34-sessiyasi o’z ishini boshladi. Sessiya 24 martga qadar davom etadi.
Inson huquqlari himoyasi va uning ta’minlanishiga doir dolzarb masalalar muhokama etiladigan mazkur sessiya ishida Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo’lgan 100 dan ziyod davlat delegatsiyalari, jumladan, davlat, hukumat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov so’zga chiqdi. Respublikamiz delegatsiyasi rahbari mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, 2016 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan Prezident saylovi yakunlari bilan tanishtirar ekan, yaqinda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining hayotga tadbiq etilishi xususida atroflicha to’xtaldi.
Tadbir choғida O’zbekistonning Inson huquqlarini himoya qilish sohasida BMT tizimlari bilan hamkorligi xususida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
O’zbekistonning bu sohadagi muvaffaqiyatlari yuqori baholandi.
Jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Xelen Klark o’z chiqishida BMT Taraqqiyot dasturi 2008 yildan buyon dunyoning 100 dan ziyod mamlakatida inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalarni qo’llab-quvvatlayotganini va universal davriy hisobоt tayyorlash hamda fuqarolik jamiyati bilan o’zaro hamkorlik jarayonlari bilan boғliq masalalarda salmoqli tajriba to’plaganini ta’kidladi.
BMT Taraqqiyot dasturi rahbari 2014 yildan buyon O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni, Universal davriy hisobоt doirasida shartnoma organlari tavsiyalarining bajarilishi monitoringi bo’yicha Milliy harakatlar rejasini birgalikda ishlab chiqish va uni amalga oshirish tajribasini muvaffaqiyatli misol sifatida tilga oldi. U mazkur hujjat 40 dan ziyod milliy muassasa va tashkilot ishtirokida tayyorlanganini alohida qayd etdi.
X.Klark BMT Inson huquqlari bo’yicha kengashining inson huquqlari sohasidagi asosiy tamoyillar xususida yuqori darajada bo’lib o’tgan munozaralari choғida ham O’zbekiston sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
“Jahon” AA, Jeneva