Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZLIDEP SYEZDIGA FARG‘ONA VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZLIDEP SYEZDIGA FARG‘ONA VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida siyosiy partiyalar, xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Partiyaning Farg‘ona viloyati kengashida o‘tkazilgan konferensiyada joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalasi muhokama etildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar partiyalararo raqobatni kuchaytirib, siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmining samaradorligini oshirdi. Saylovchilar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun barcha sharoit yaratildi. Buning samarasida fuqarolar, ayniqsa, yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarish va yangilanishlarga daxldorlik tuyg‘usi yuksalmoqda.

Partiyaning viloyat kengashi tarkibidagi 617 boshlang‘ich tashkiloti 17 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan bo‘lib, dasturiy maqsad va vazifalarni keng targ‘ib etib kelmoqda. Bo‘lajak saylov mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, partiyaning ushbu siyosiy jarayonda munosib ishtirok etishini ta’minlash uchun saylovoldi targ‘ibоt-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Prezident saylovining Konstitutsiya va milliy qonunchiligimiz, umume’tirof etilgan xalqaro normalar asosida o‘tishini ta’minlash uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, – deydi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Rahmatillo Kamolov. – Aholining siyosiy madaniyatini yuksaltirish, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, partiya safini siyosiy yetuk, tashabbuskor, uning g‘oyalari ro‘yobiga ishongan yoshlar bilan kengaytirish viloyat kengashining doimiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining VIII syezdiga delegatlar saylandi.

O’zA