O‘ZLIDEP SYEZDIGA NAMANGAN VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur muhim siyosiy tadbirning yuqori saviyada, demokratik tamoyillar asosida o‘tishida siyosiy partiyalar faolligi o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Partiyaning viloyat kengashi tarkibidagi 867 boshlang‘ich tashkiloti o‘z atrofiga 17 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi vakillik organlari orqali davlat boshqaruvi hamda jamiyat hayoti, keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etmoqda. Partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar bugun mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda.
– O‘zbekistonning har tomonlama rivojlangan davlatga aylanishi, jamiyat taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikning ta’minlanishi eng manfaatdor qatlam sifatida tadbirkor va ishbilarmonlarning oliy maqsadidir, – deydi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi raisi Solijon Mo‘minov. – Bu borada partiya faollarida yetarli kuch, tajriba va salohiyat bor. Quyi bo‘g‘in tashkilotlari yig‘ilishida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilanib, shu asosda izchil ishlar olib borilmoqda. Shahar va tumanlardan saylangan 169 delegat ishtirokidagi konferensiyada oldimizda turgan navbatdagi vazifalar yo‘nalishi ham belgilab olindi.
Tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan vazifalari muhokama etildi. Partiyaning VIII syezdiga Namangan viloyati kengashidan delegatlar saylandi.
O’zA