Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZLIDEP VAKOLATLI VAKILI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIGA HUJJATLAR TOPSHIRDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZLIDEP VAKOLATLI VAKILI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIGA HUJJATLAR TOPSHIRDI

2016-yil 22-oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiya va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qonunchilikka asosan siyosiy partiya rahbarining Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib yozgan arizasi taqdim etildi.

Arizaga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi VIII syezdining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, syezdning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzo varaqalari ilova qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma berdi. Taqdim etilgan hujjatlarning qonunda belgilangan muddatda saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish yuzasidan ichki ishlar, adliya organlarining, aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislari, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat ekspertlar guruhlari o‘z ishini davom ettirmoqda.

O’zA