Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zLiDePda kengaytirilgan onlayn-yig’ilish

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zLiDePda kengaytirilgan onlayn-yig'ilish

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasining hududiy partiya tashkilotlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlari ishtirokida kengaytirilgan videokonferensiya shaklidagi yig’ilishi o’tkazildi, deya xabar beradi partiya matbuot xizmati.

Jami 700 nafardan ortiq partiya quyi tashkilotlari rahbar va xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etgan ushbu yig’ilish partiya oldida turgan muhim vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga bag’ishlandi.

Videokonferensiya ishtirokchilarining fikricha bugungi kunda O‘zLiDeP xududiy kengashlardagi o’z deputatlik korpusi orqali qat’iy deputatlik nazoratiga olishi lozim bo’lgan masalalar sirasida xududlarning 2015-yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlaridan o’rin olgan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy yangi korxonalarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo’yicha jami 1300 ga yaqin investitsiya loyihalari, hamda shu yil Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish dasturiga asosan tashkil etilishi rejalashtirilgan 21 mingga yaqin ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida intensiv bog’, yangi tokzorlar, servis xizmatlari va qayta ishlashni yo’lga qo’yishga doir loyihalar alohida o’rin tutadi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi xududlarda sanoat sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes sub’yektlarining ulushi yanada oshishiga, agrar sektordagi islohotlarning yangi darajaga ko’tarilishiga, buning natijasida joylarda sut, go’sht, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari sezilarli ravishda ko’payishiga sabab bo’lishi bilan bir qatorda 110 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining tashkil etilishiga ham asos yaratadi. Albatta har bir hudud uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan bunday loyihalarning taqdiri O‘zLiDeP va undan saylangan deputatlik korpusi uchun befarq bo’lishi mumkin emas.

Loyihalar ustidan deputatlik nazoratini xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O‘zLiDePdan saylangan 2113 nafar deputatlar o’zlari saylangan hududda amalga oshirilishi ko’zlanayotgan loyihalarning borish jarayonlarini partiya boshlang’ich tashkilotlari yordamida monitoring qilib borish, loyiha ijrosining borishi haqida deputatlik guruhlari yig’ilishlarida hisobot berib borishi ko’rsatib o’tildi.

Davlat dasturlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi deputatlarning o’zaro samarali hamkorligini yo’lga qo’yish va nazorat faoliyatlarini amalga oshirish yuzasidan 2015-yilga muljallangan ish rejalari tuzildi.

Yig’ilishda shuningdek, joriy yildan boshlab partiya ishida faollikni rag’batlantirish, boshlang’ich partiya tashkilotlari, partiyaning hududiy kengashlari hamda deputatlar faoliyatini tashkil etishning eng yaxshi tajribasini aniqlash, ijobiy tajribalarni tarqatish maqsadida “Eng namunali Boshlang’ich partiya tashkiloti”, “Eng namunali tuman (shahar) partiya Kengashi”, “Yilning eng yaxshi deputati” tanlovlarini o’tkazib borish rejalashtirilayotganligi aytib o’tildi.

Yig’ilish yakunida ko’rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Jahon” AA