Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZRTXB” AJDA BIRINCHI CHORAK YAKUNLARI KO’RIB CHIQILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZRTXB” AJDA BIRINCHI CHORAK YAKUNLARI KO'RIB CHIQILDI

“O’zRTXB” AJning boshqaruvining 2015-yilning birinchi chorak yakunlari va ikkinchi chorak vazifalariga bag’ishlangan kengaytirilgan majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda markaziy apparat blimlar va hududiy filiallarning boshliqlari ishtirok etdilar, deya xabar beradi birja matbuot xizmati.

Yig’ilishda joriy yilning birinchi choragida birjaning barcha savdo platformalarida 2,01 trln so’m hajmda bitimlar tuzilganligi e’tirof etildi. Birja savdolari orqali 1,6 trln so’mlik tovarlar sotilib, ularning tovar birjasining umumiy tovar aylanmasidagi ulushi, boshqa savdo platformalarida savdo ko’rsatkichlari o’sganligi bois, 84,5%dan 80,6%gacha pasaydi.

Xususan sotuvlar bo’yicha ijobiy dinamika yarmarka savdolari, hamda davlat va korporativ xaridlar tizimi bo’yicha qayd etildi. Bunda hisobot davrida yarmarka savdolari eng yuqori o’sish sur’atlarini namoyon etdi – 32,2%, yoki 231,1 mlrd so’mgacha.

Ushbu davrda xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaydi. Bu esa ularning birja, yarmarka va auksion savdolarida faol ishtirok etganligida o’z tasdig’ini topmoqda. 2015-yilning birinchi choragida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 1,1 trln so’mlik mahsulotlar sotib olingan bo’lib, bu 2014-yilning birinchi choragi bilan solishtirganda 25,5%ga ko’pdir. Shu bilan birga, ular 401,4 mlrd so’mlik o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotdilar va ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 46,9%ga o’sdi. Birjaning umumiy tovar aylanmasida tadbirkorlar tomonidan tuzilgan bitimlar hajmining ulushi esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan 58,2%dan 75,2%gacha o’sdi. Tadbirkorlik sub’yektlari ishtiroki bilan tuzilgan bitimlarning o’sishi respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida kuzatildi.

O’z navbatida, tadbirkorlar tomonidan elektron savdolari orqali sotilgan mahsulotlar hajmini keskin o’sishi, davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirishda kichik korxonalar salohiyatidan keng foydalanish uchun qo’llanilayotgan choralar o’z samarasini berayotganligidan dalolat beradi.

«D-xarid» davlat xaridlari bo’yicha o’tkazilgan elektron savdolar hajmi 78,3 mlrd so’mgacha, yoki 18,6%ga o’sdi, byudjet mablag’larini tejalishi 22,0 mlrd so’mni tashkil etdi va bu 2014-yilning mos davriga nisbatan 22,5%ga ko’pdir. Kichik biznes sub’yektlarining davlat xaridlari bo’yicha tuzilgan bitimlarning soni va ularning hajmidan 99% ziyodini tashkil etdi.

«E-xarid» – korporativ xaridlarining hajmi esa 20,1%ga, ya’ni 80,7 mlrd so’mgacha ko’tarildi. Bunda moliya mablag’larini tejalishi 2014-yilning birinchi choragiga nisbatan 15,6 mlrd so’mdan 18,4 mlrd so’mgacha oshdi. Kichik biznesning korporativ xaridlar bo’yicha mahsulotlarni yetkazib berishdagi ulushi 97% ga yetdi.

Majlis yakuniga ko’ra, ikkinchi chorak uchun vazifalar belgilandi va ular qatorida birjaning barcha savdo platformalarida tuzilayotgan bitimlar hajmini oshirish, savdo ishtirokchilarini akkreditatsiyadan o’tkazishni soddalashtirish, mijozlarga konsultatsiya berish xizmatini yanada takomillashtirish, AKTni joriy etishni davom ettirish va shu kabilar ustuvor yo’nalishlar sifatida e’tirof etildi.

“Jahon” AA