“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB IZCHILLIK BILAN O‘Z MAVQEINI MUSTAHKAMLAMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB – Respublika tijorat banklari orasidagi eng yetakchi banklardan biri bo‘lib, mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etishda peshqadam bank hisoblanadi.
Bank-moliya bozorida o‘z obro‘siga ega bo‘lib, “Mijoz bank uchun emas, balki Bank mijoz uchun” tamoyiliga amal qilgan holda ko‘proq yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilmoqda.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB joriy yilning 7 oyi mobaynida ishonch bilan faoliyat yuritdi va shu bilan birga o‘z mavqeini mustahkamladi. Kapitalning o‘sishi barqarorlilik va mijozlar mablag‘ining saqlanib qolinishi kafolatidir, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning umumiy kapitali doimiy o‘sishni ko‘rsatmoqda.
2015 yil 1 avgust holatiga bankning umumiy kapital 773,7 mlrd.so‘mni tashkil qilib, joriy yil boshiga nisbatan 46,2 mlrd. so‘mga o‘sdi. Hozirgi vaqtda bank ustav kapitali 626,2 mlrd.so‘mni tashkil qiladi.
Joriy yilning 1 avgust holatiga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aktivlari hajmi 8167,2 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 407 mlrd. so‘mga o‘sdi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB kredit qo‘yilmalari ham sezilarli darajada o‘sdi va ular zamonaviylashtirish, korxonalarni tehnik va texnologik qayta jihozlash va moliyaviy sog‘lomlashtirishga yo‘naltirildi. 2015 yil 1 avgust holatiga bank kredit qo‘yilmalari 6526,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 744,7 mlrd. so‘m yoki 12,8 %ga o‘sdi. Deyarli barcha kredit qo‘yilmalari iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirildi.
Manba: www.uzpsb.uz
“Jahon” AA