Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZXDP QURULTOYIGA FARG‘ONA VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZXDP QURULTOYIGA FARG‘ONA VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda siyosiy partiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratib berilayotgan teng huquq va imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda, partiya elektorati manfaatlari hamda dasturiy maqsad va g‘oyalaridan kelib chiqib, shu yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib ishtirok etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda erkin va demokratik saylovlarni o‘tkazish uchun yaratilgan mustahkam qonuniy asos va kafolatlar, keyingi yillarda Konstitutsiyamiz va bir qator qonunlarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylovlarning xalqaro talablarga mos o‘tishini ta’minlash bilan birga, partiyalar o‘rtasida raqobatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

– Saylov kampaniyasi davrida partiya tuman va shahar kengashlari, boshlang‘ich tashkilotlari aholi bilan ish olib borar ekan, elektoratimiz vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasini yuksaltirish, o‘z saylov huquqidan erkin va ongli ravishda foydalanish ishtiyoqini kuchaytirishga harakat qilishi lozim, – deydi partiya viloyat kengashi raisi D.Mamajonova. – Bunda elektoratimizning birinchi marta o‘z saylash huquqidan foydalanadigan yoshlardan iborat guruhiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.

Plenumda partiya dasturiy maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha oldinda turgan vazifalar belgilab olindi. Shundan kelib chiqib, joriy yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib ishtirok etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Anjumanda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.

O’zA