O‘ZXDP QURULTOYIGA SAMARQAND VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi.
Partiya viloyat kengashi a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari va partiya faollari ishtirok etgantadbirda joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini yig‘ish jarayoni hamda navbatdagi qurultoyga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
– Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan saylovlarda siyosiy partiyalarning faolligi yildan-yilga ortib bormoqda, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi vazifasini bajaruvchi B.Bo‘ronov. – Bu yurtimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida siyosiy partiyalar faoliyati va saylovga oid qonun hujjatlarining takomillashtirilayotgani bilan ham bog‘liq. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan keyingi o‘zgartishga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ruxsat berilgan siyosiy partiya Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun respublika bo‘yicha jami saylovchilar umumiy sonining kamida bir foizini tashkil etadigan saylovchilar imzosini to‘plashi lozim. Shu paytga qadar bu miqdor besh foiz edi. Bundan tashqari, saylovoldi tashviqoti shakllari ham ochiq belgilab berildi.
Plenumda saylov jarayonlarida elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining qurultoyiga delegatlar saylandi.]
O’zA