Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Obod mahallalar – yurtimiz ko‘rki

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Obod mahallalar – yurtimiz ko‘rki

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-martdagi farmoyishiga muvofiq mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi davom etmoqda.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida ham oylik doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, hududda hasharlar o‘tkazilib, daraxtlarni oqlash, shakl berish, mevali va manzarali daraxt, gul ko‘chatlari ekish, maydon va qabristonlarni tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumanda bir qator ijtimoiy infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirildi. Xususan, o‘nga yaqin bolalar maydonchasi barpo etildi. Qo‘shchinor mahallasida ikki qavatli yangi guzar ishga tushirildi. Homiylar ko‘magi bilan barpo etilgan ushbu guzarning birinchi qavati mahalla fuqarolar yig‘ini ixtiyoriga berildi. Bu yerda yoshlar va xotin-qizlar uchun turli to‘garaklar ochish rejalashtirilgan.

– An’anaviy hasharlar tufayli hududimiz tobora chiroy ochib bormoqda, – deydi «Qo‘shchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ra’no Ahmedova. – Mahallamiz ahli bunday tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Oylik doirasida mahallamiz hududiga yuz tupdan ortiq archa va boshqa manzarali, sakson tupga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishda mahallaga uy-joy mulkdorlari shirkatlari yaqindan ko‘mak berayotir. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi o‘nta bolalar o‘yin maydonchasi kichkintoylar xizmatida. Joriy yilda yana ikkita maydoncha barpo etilib, zamonaviy o‘yin qurilmalari bilan jihozlandi.

Sakkiz mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan Sharq haqiqati mahallasida hovlilar, ariq yoqalari va bo‘sh turgan joylarga uch ming tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chat o‘tqazildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida intensiv bog‘lar yaratishga e’tibor qaratmoqda. Mahallada har shanba va yakshanba kuni hashar uyushtirilib, tevarak-atrof tozalanmoqda, chiqindilar belgilangan joyga chiqarib tashlanmoqda.

– Obodlikka intilib yashash xalqimizning ezgu fazilatlaridan, – deydi mahalla oqsoqoli Shavkat Irismetov. – Obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, bu jarayonda aholi, ayniqsa, yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashda mahalla faollari bosh-qosh bo‘lmoqda. Mahallamiz ko‘chalarini ta’mirlash va asfaltlash reja asosida amalga oshirilayotir. Shu kungacha o‘n to‘rtta ko‘cha ta’mirlandi.

Mahalla hududida «Yoshlik» sport majmuasi, 313-maktab va 52-oilaviy poliklinika filiali joylashgan. Ushbu inshootlar atrofidagi maydonlarda mo‘jaz bog‘lar barpo etilgan. O‘qituvchilar, mahalla faollari, yoshlar bog‘larni parvarishlab, yangi ekilgan nihollarga ishlov berib kelmoqda. Faol yoshlardan tuzilgan guruhlar nuroniylarning xonadoniga borib, ularga uy ishlarida ko‘maklashmoqda.

www.uza.uz