Obod va ko‘rkam ziyoratgohlar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijonda 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish, mamlakatimizda e’lon qilingan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida “Yorkand shayx” qabristonini obodonlashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shahar va tumanlar hokimlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari, imom-xatiblar, mahalla oqsoqollari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda qabristonlar atrofini devor bilan o‘rash, yo‘laklarga shag‘al va beton yotqizish, gul va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xalqimiz azaldan qabristonni tabarruk maskan sifatida obod qilish va toza-ozoda saqlashga alohida e’tibor qaratib keladi. Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, yashab o‘tgan ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
– Andijon viloyatida 739 qabriston bo‘lib, ularning aksariyati obodonlashtirildi, – deydi Andijon viloyati bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov. – Shunday bo‘lsa-da, hali bu borada qiladigan ishlarimiz ko‘p. Ziyoratgohlar atrofini o‘rash, ta’mirlash, gullar o‘tqazish, umuman, qabristonlarni obod qilish bizning burchimizdir.
Yig‘ilishda bu borada mahallalarda olib borilayotgan ibratli ishlar, ularni keng ommalashtirish, hasharlar tashkil etish, bu kabi xayrli ishlarda keng jamoatchilik ishtiroki va faolligini oshirish, shuningdek, Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish, urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olish, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, turar-joylarini ta’mirlash, uy yumushlariga ko‘maklashish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.
– O‘tganlar xotirasini e’zozlash, qabristonlarni obodonlashtirish ishlariga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani barchamizni behad quvontiradi, – deydi mehnat faxriysi Mutallib ota Isomiddinov. – Bu kabi xayrli va savobli ishda hamma faol qatnashishi kerak.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.