OCHIQ MULOQOT UCHUN NOYOB MINBAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ilgari xabar qilinganidek, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni Moskvada bo’lib o’tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Ma’lumki, 2017 - yil mustaqil O’zbekiston tarixida yangi davr bo’ldi. Bu yil mobaynida nafaqat mamlakat ichkarisida, balki uning tashqi siyosiy faoliyatida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi. Shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning MDH biz uchun ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik qilishning g’oyat muhim institutidir, Hamdo’stlikka a’zo mamlakatlar esa bizning doimiy sheriklarimiz, qo’shnilarimiz va do’stlarimizdir, deya bayonot berganini yodga olish o’rinli bo’ladi.
Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo’lib o’tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi chog’ida bayon etilgan bu fikrlar O’zbekistonning MDH faoliyatiga sifat jihatdan yangi o’suvchanlik baxsh etishga bo’lgan intilishini tasdiqlaydi.
Ma’lumki, bu yo’nalishda allaqachon aniq-ravshan chora-tadbirlar ko’rilgan. O’zbekistonning MDH doirasidagi hamkorligini faollashtirish bo’yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo’l xaritasi”) ishlab chiqildi, O’zbekiston Respublikasi milliy koordinatori maqomi tashqi ishlar vaziri o’rinbosaridan Bosh vazir o’rinbosari darajasiga ko’tarildi. Joriy yili mamlakatimiz MDH iqtisodiy kengashidagi ishtirokini qayta tikladi.
Bundan tashqari, Sochida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz 2020 yilda Hamdo’stlikka raislikni qabul qilish va navbatdagi Sammitni O’zbekistonda o’tkazishga tayyor ekanligini ham bildirdi.
Istiqbollar haqida fikr yuritilar ekan, shu paytga qadar amalga oshirilgan ishlarni ham esga olish o’rinli bo’ladi. MDH Hukumat rahbarlari kengashining yig’ilishi birinchi marotaba O’zbekistonda o’tkazilgani alohida e’tiborga sazovordir. Kun tartibi birlashmaga ishtirokchi davlatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga doir 19 ta masaladan iborat bo’lgan edi. Uning yakunlari bo’yicha hukumat Rahbarlari kengashining yig’ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning to’la bajarilishini taminlash bo’yicha amaliy choralar rejasi ishlab chiqildi.
Joriy yil avgust oyida Samarqandda YUNESKO shafeligida o’tkazilgan “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada hamda noyabr ojida BMT shafeligida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taminlash bo’yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiyada MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedevning ishtirok etgani ham muhim voqea bo’ldi.
Bundan tashqari, joriy yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo’yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy boshchiligida MDH a’zo davlatlarining Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg’armasi delegatsiyasi mamlakatimizga keldi.
2017 yili O’zbeklar zaminida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi, MDHga a’zo davlatlar temir yo’l transporti bo’yicha kengashi ishida ishtirok etadigan davlatlar temir yo’llarida “Ekspress” davlatlararo avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatadigan ishchi guruhining 25-yig’ilishi, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi gidrometeorologiya bo’yicha davlatlararo kengashining (GDK) 29-sessiyasi, Hamdo’stlik Elektr energetikasi kengashining 51-majlisi o’tkazildi.
Bularning barchasi MDH doirasida savdo, sarmoyalar, transport, sayyohlik, ta’lim va ilm-fan hamda xavfsizlik sohalaridagi ko’p qirrali va samarali hamkorlik ko’lamlarini kengaytirish yuzasidan O’zbekistonning faolligi oshib borayotganidan dalolat beradi.
“Jahon” AA