OCHIQLIKNI TA’MINLASHDA HAMKORLIK
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining roli” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmati xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Fond direktori A.Abdullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Xudoyorova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining mustaqil, barqaror tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Sohaga doir qonunchilik muntazam takomillashtirilayotgani, keng soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilgani samarasida mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari soni tobora oshmoqda.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida qabul qilingan «Ekologik nazorat to‘g‘risida», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlar nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Xususan, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun fuqarolik institutlarining jamiyatda tutgan o‘rnini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Anjumanda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O’zA