Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ODAMLAR BILAN MULOQOT KUNDALIK VAZIFAMIZGA AYLANISHI KERAK

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ODAMLAR BILAN MULOQOT KUNDALIK VAZIFAMIZGA AYLANISHI KERAK

Ayol millat yuzidagi nur, qalbidagi quyoshdir. Shu bois jamiyatning ma’naviy bar-kamolligi ayollarga bo’lgan munosabat bilan belgilanadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mehnat faoliyatini oiladan ajralmagan holda olib borishlarini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ma’lumki, ushbu yo’nalishlardagi sa’y-harakatlarda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, chunonchi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi ham o’ziga xos o’rin tutadi. Bugun mazkur tashkilot oldida turgan eng dolzarb vazifalar nimalardan iborat, qo’mita faoliyatining qaysi jihatlarini davr talabidan kelib chiqqan holda yangilash, rivojlantirish zarurligi xususida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tanzila NARBAYEVA bilan suhbatlashdik.

— Tanzila Kamalovna, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi ayni paytda mamlakat Bosh vazirining o’rinbosari hisoblanishi davlat tomonidan xotin-qizlar masalasiga yuksak e’tibor namunasi bo’lishi bilan birga, albatta, mazkur tashkilotga bo’lgan katta ishonch hamdir. Sir emaski, ijtimoiy soha yo’nalishlarida ko’p yillik boy tajribaga egasiz. Hozirgi vaqtda mamlakat va jamiyat hayotida bo’layotgan islohot va o’zgarishlarda oldingizda turgan asosiy vazifalar haqida to’xtalib o’tsangiz.

— Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda davlat va jamiyatni rivojlantirish, yurtimiz obro’-e’tiborini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmush darajasini oshirish borasida tom ma’nodagi misli ko’rilmagan yangilanish va rivojlanish jarayonlari kechmoqda. Bu, albatta, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatiga ham taalluqlidir. Ya’ni har bir jamoat tashkiloti o’z faoliyatini qayta ko’rib chiqqan holda, inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida qo’yilgan talablarni amalga oshirishga o’z hissasini qo’shmog’i zarur.

Bunda bizga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar dasturilamal bo’lmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, bu vazifalar respublikamizdagi davlat tashkilotlari qatori barcha nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ham asosini tashkil etmog’i maqsadga muvofiqdir.

Zero, davlatimiz rahbari taklifi bilan 2017-yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi barchamizga birdek mas’uliyat yuklaydi. Ushbu mas’uliyat, avvalo, xalqimiz turmushi, jamiyat hayotida mavjud bo’lgan turli masala va muammolarga kompleks yondashuvni, bunda, albatta, mamlakatimizda tobora rivoj topib borayotgan ijtimoiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish, ya’ni bir emas, bir nechta jamoat tashkilotlari imkoniyatlarini birlashtirgan holda, mavjud masalalarni hal etish tizimini yaratishni talab etadi.

Shu ma’noda, bugun raqam yig’ib, faqat hisobоt tuzish yo’li bilan ishlab bo’lmaydi. Har birimiz fuqarolarning o’zi tanlagan sohadan mamnun bo’lib ishlashi, uyiga ham xuddi shu kayfiyatda qaytishi, sirasini aytganda, har bir insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarining ta’minlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda o’z hissamizni qo’shishimiz darkor.

Ushbu maqsadlarda oilalarga kirib borgan holda, ular turmushi darajasini kompleks o’rganishning tizimli mexanizmini yaratish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Bu orqali har bir oila a’zosining ijtimoiy holati, salomatligi, o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tishi, bolalar tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yilishi, oila byudjetini ko’paytirish masalalari, bunda mazkur oila istiqomat qilayotgan hududdagi mahalla, ta’lim-tarbiya muassasasi, xotin-qizlar qo’mitasi, banklar va boshqa tashkilotlar hamkorligini chuqur o’rganish ishlarini amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Mazkur yo’nalishlarda olib boriladigan tahlillar, ularning natijalariga ko’ra ko’rsatilgan amaliy yordam, so’zsiz, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, turmush sharoiti darajasi hamda oila daromadini ko’paytirish, yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash imkoniyatlarini kengaytiradi. Eng muhimi, odamlar bilan muloqot intensiv va keng qamrovli bo’lishi lozim.

— Sizningcha, oilalar daromadlarini oshirishda qaysi sohalarga e’tiborni kuchaytirish kerak?

— Avvalo, joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasanachilik asosidagi ish o’rinlarini yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o’z ishini boshlashida ko’maklashish masalalarida amaliy yordam ko’rsatilishi zarur. Bunda tegishli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati uyg’unligining ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, mamlakatimizda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun ham jamiyatda mavjud ijtimoiy -masalalarni hal etishda samaradorlikka erishish, uning barqarorligi, rivojlanishi, unumli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga yo’naltirilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Bugun davlat va jamoat tashkilotlari, bank muassasalari hamkorlikda aholi manfaatlarini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish masalasida sa’y-harakatlarni birlashtirmog’i ayni muddao. Bu o’z-o’zidan fuqarolarning mavjud ijtimoiy muammolarini hal etish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan birga, oz bo’lsa-da, jamiyatimizda uchrab turadigan ayrim noxush holat va illatlarning oldini olib, yoshlarning mustaqil hayotda munosib o’rin egallashlariga ko’maklashadi.

Mazkur yo’nalishlardagi ishlarda samaradorlikka erishish maqsadida har bir tashkilot o’z faoliyatini tubdan tanqidiy ko’rib chiqmog’i, bugungi davr talabidan kelib chiqqan holda faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini ko’rishi muhimdir. Zero, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini ham takomillashtirish oldimizda turgan eng asosiy maqsadlardan biridir.

— Ma’lumki, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mazkur jarayonda Xotin-qizlar qo’mitasining o’rni qanday?

— Haqiqatan ham, ushbu masala davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Xotin-qizlar qo’mitasi bu borada, eng avvalo, sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda yetakchi kuch bo’lishi kerak. Chunki qaysiki oilada sog’lom muhit shakl-langan bo’lsa, bu maskanda, albatta, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlik ham bo’ladi. Bu jarayonda “Ta’lim muassasasi — oila — mahalla” hamkorligini tubdan qayta ko’rib chiqishimiz va talab darajasida ishlovchi hamkorlik mexanizmini yaratishimiz bugungi kun talabidir.

Sog’lom turmush tarzini qaror toptirishning yana bir muhim omili — xotin-qizlar o’rtasida sportning ommaviyligini oshirish hisoblanadi. Bu borada ham birgina tadbir o’tkazish bilan cheklanmasdan, mahallalarda, oilalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish masalasini kundalik ehtiyojga aylantirish

chora-tadbirlarini ko’rishimiz lozim. Bunda ko’proq chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan opa-singillarimiz, uyushmagan aholi vakillariga e’tiborni kuchaytirsak, yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.

— Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari bo’yicha ish olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari soni ko’payib bormoqda. Bu tobora rivoj topayotgan fuqarolik jamiyatiga xos xususiyat, albatta. Biroq yana bir muhim jihat borki, bu ular faoliyatining sifati va samaradorligi masalasidir. Shu ma’noda, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi ular faoliyatini muvofiqlashtirish masalasiga qanday yondashadi?

— E’tirof etish joiz, respublikamizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining hayotga tatbiq etilishi natijasida bugun ijtimoiy masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar masalalarida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni ham ortib bormoqda. 2016 yilda bunday tashkilotlar soni 295 taga yetdi. Ularga davlat byudjetidan muntazam grantlar ajratib kelinmoqda.

Shu o’rinda ushbu tashkilotlarning barchasi ham mana shu imkoniyatlardan to’g’ri, to’laqonli va samarali foydalanmoqdami, degan savol tug’ilishi tabiiy. Shu bois Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi xotin-qizlar va oila masalalari bo’yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ishini to’g’ri yo’naltirishi, ularga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratgan holda ajratilayotgan grant mablag’larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlashi, joylardagi muammolarni hal etishda ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishi juda muhimdir.

— Qo’mitaning xotin-qizlar va oila manfaatlariga taalluqli bo’lgan qonun hujjatlari ijrosidagi ishtiroki xususida ham to’xtalib o’tsangiz.

— Avvalo, oila manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonida qo’mita faol ishtirok etishi zarur. Shu bilan birga, mazkur sohadagi qonunchilikning qanday bajarilayotgani borasida bevosita har bir hududdagi mahalla va qishloq fuqarolar yig’inlari, ularda istiqomat qilayotgan oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit bilan tanishish, har bir xotin-qiz bilan bevosita muloqot qilish, muammolarini o’rganish orqali tizimli monitoring yuritish, bu borada aniqlangan xato va kamchiliklarni xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari, zarur hollarda esa mamlakat miqyosida ko’rib chiqilishi uchun takliflar kiritish bizning asosiy vazifalarimizdan biri bo’lmog’i zarur.

O’z navbatida, milliy qonunchilik bilan birga, xotin-qizlarga oid xalqaro hujjatlar va konvensiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ham doimiy e’tiborimizda bo’ladi. Xususan, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, Xalqaro mehnat tashkilotining “Bir xil qiymatga ega bo’lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag’batlantirish to’g’risida”gi, “Mehnat va bandlik sohasidagi kamsitishlar to’g’risida”gi konvensiyalarining hayotga tatbiq etilishini har bir hudud bo’yicha tahliliy ko’rib chiqish ishlariga kirishishni rejalashtirganmiz. Bu jarayonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro mehnat -tashkilotining tegishli organlari tomonidan O’zbekistonga berilgan tavsiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha tadbirlar belgilangan.

— Bugun davlatimiz rahbari tomonidan qo’yilgan talablar davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirishni ham taqozo etadi. Shu xususda -to’xtalib o’tsangiz.

— Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan har bir tashkilot oldiga qo’yilayotgan talablar ijrosida xotin-qizlar faolligi ham muhimdir. Chunki bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohalarda mehnat qilayotgan aholining yarmini xotin-qizlar tashkil etadi.

Shu bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning ulushini oshirish ham dolzarb ahamiyatga egadir. Xususan, deputatlikka nomzodlar ko’rsatishda davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun belgilangan

30 foizlik kvotaning bevosita salohiyatli rahbar ayollarni tayyorlash, jamiyat hayotida ular faolligini oshirish masalasiga ham tatbiq etilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun zarur sharoitlarni yaratish, turli sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar salohiyatini oshirishda bevosita qo’mita faolligini kuchaytirish zarur.

Siyosiy partiyalar faoliyatida ham xotin-qizlar ishtirokini oshirish, bu orqali mamlakatimiz ayollari hayotidagi turli masalalar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarda yechimini kutayotgan muammolarni yuzaga chiqarish, bartaraf etish omillaridan samarali foydalanish ham 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir.

— Jamiyatimizda ko’zga ko’ringan taniqli ayollar, xususan, olima va ijodkor xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash masalasi ham rejangizdan o’rin olganmi?

— Albatta, xotin-qizlarimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ochilmagan qirralarini yuzaga chiqarish va iqtidorlarini to’la-to’kis namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham izlanmoqdamiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda fan doktori ilmiy unvoniga ega bo’lgan xotin-qizlar soni 510 dan ziyodni, fan nomzodlari qariyb 5 ming nafarni, akademik ayollar soni 6 nafarni tashkil etmoqda. 15 nafar faol va ibratli ayol davlatimizning eng nufuzli mukofoti — “O’zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo’lgan.

O’z navbatida, biz ayollarimizdagi mavjud salohiyat va iqtidorni yuzaga chiqarishga ko’maklashish, ularning bu imkoniyatlaridan o’z o’rnida foydalanishda asosiy kuch bo’lishimiz darkor. Bunda, albatta, turli ayollar uyushmalari, assotsiatsiyalar orqali ijodkor, olima ayollarimizni qo’llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan va boy tajribaga ega bo’lgan, o’z kasbi sir-asrorlarini puxta egallagan xotin-qizlarga moddiy hamda ma’naviy ko’mak ko’rsatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan qizlarimizning keyingi faoliyatini kuchaytirish, mamlakatimiz kadrlar zaxirasini malakali mutaxassislar bilan boyitish ham diqqat-e’tiborimizda bo’ladi. Ayni kunda bunday -yuksak mukofotga sazovor bo’lgan qizlarimiz soni 240 nafarga yetdi. Ularning 54 nafari adabiyot, 73 nafari madaniyat, 47 nafari san’at, 24 nafari fan, 42 nafari ta’lim yo’nalishlaridagi yutuqlari uchun ushbu mukofotga sazovor bo’lgan. Sovrindorlar orasida fan nomzodlari, turli sohalarda yetakchilik qilayotgan qizlar ham bor. Ularning 20 nafarga yaqini Prezident, Navoiy, Ibn Sino stipendiyalari sovrindorlari, 44 nafari sportning turli yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston, Osiyo va jahon chempionlaridir.

Umuman aytganda, oqila, mehribon, fidoyi opa-singillarimizning og’irini yengil qilish, hayotdan mamnun bo’lib yashashlarini kafolatlash, ularning oiladagi o’rni, jamiyatdagi mavqyeini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish borasida Prezidentimiz tomonidan bizning oldimizga qo’yilgan vazifalarni bajarish, bunda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik munosabatlariga tayangan holda faol ish olib borishimiz maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, qizlar — bo’lg’usi onalarning yuksak ma’naviyatga, yetarli bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlarini ta’minlash, kasb-hunar egallashlariga ko’maklashish ishlariga yanada jiddiyroq yondashishimiz zarur. Albatta, bularning barchasi jismoniy va ma’naviy jihatdan sog’lom, hyech kimdan kam bo’lmagan, Vatanimiz taqdiri hamda kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

www.xs.uz