Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ODDIY BICHUVCHILIKDAN ZAMONAVIY DIZAYNERLIKKA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ODDIY BICHUVCHILIKDAN ZAMONAVIY DIZAYNERLIKKA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasiga muvofiq Namangan shahridagi “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida liboslar dizayni konstruktorlik markazi ochildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining jadal taraqqiy etishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bu jarayonda kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulot sifatini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz 2011-yilda Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida erkaklar mavsumiy liboslari tikishga ixtisoslashgan “Istiqlol” korxonasi jamoasi bilan uchrashuvida insonning hamma narsasi – qalbi ham, tashqi ko‘rinishi ham, kiyimi ham go‘zal bo‘lishi kerakligi, libos – inson ziynati ekanini, bugun xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimizning kiyinishga, kiyim tanlashga bo‘lgan e’tibori, ehtiyoji va talabi tamomila o‘zgarganini ta’kidlab, bu borada o‘sib borayotgan talabni yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy va sifatli mahsulotlar hisobidan qondira oladigan korxonalarni ko‘paytirish, yosh, iste’dodli, zamon talabi, bozor ehtiyojini puxta biladigan mutaxassislar tayyorlash xususida alohida tavsiyalar bergan.

– Bugun korxonamiz qoshida ochilgan mazkur liboslar dizayni konstruktorlik markazi davlatimiz rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarning amaliy ifodasidir, – deydi “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Baxtiyor Umarov. – Qiymati 47 ming dollarga teng mazkur loyihaga asosan markaz zamonaviy komputer va boshqa jihozlar bilan ta’minlandi. Bu korxonada libos bichish, yangi model va dizaynlar yaratishning tezkor, qulay va zamonaviy tizimini yaratish imkonini beradi.

– Shu paytgacha bichish ishlari qo‘lda, ya’ni chizg‘ichlar yordamida bajarilar, yangi yaratilgan libosni manekenga kiydirib ko‘rilmaguncha kamchilik va nuqsonlarini bilib bo‘lmasdi, – deydi modelyer-konstruktor Dilobar Hayitboyeva. – Endi bu jarayonlar SAD dasturi, 3D-modellashtirish, raqamlashtirish, eskizlarni real hajmda bosib chiqarish orqali modellarni tuzish ishlari yuqori texnologiyali komputerlashtirilgan tizim yordamida tezkorlik bilan bajariladi.

Markazda yiliga 50 ga yaqin kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu viloyatdagi tikuvchilik korxonalarini zamonaviy mutaxassislar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihaga ko‘ra, o‘quv amaliyoti davrida o‘zini namoyon etgan o‘n nafar o‘quvchi “Istiqlol dizayn markazi” korxonasida ish bilan ta’minlanadi.

Ishtirokchilar liboslar dizayni konstruktorlik markazi imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

O’zA