Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ODIL SUDLOVNING MUSTAHKAM HUQUQIY KAFOLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ODIL SUDLOVNING MUSTAHKAM HUQUQIY KAFOLATI

Mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini kafolatlash bilan bog’liq keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi Qonun bu boradagi sa’y-harakatlarni yana bir pog’ona ko’tarishga qaratilgan bo’lib, ayni chog’da ushbu hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilik vakillari tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilmoqda.

Doniyor ABDUQODIROV, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi raisi:

— Sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, uning mustaqilligini kafolatlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya etishga oid zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar tizimli ravishda ro’yobga chiqarilmoqda. -Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi va joriy yil 21-fevraldagi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Qonunga muvofiq, Konstitutsiyamizga o’zgartishlar va qo’shimcha kiritildi.

Ma’lumki, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlash bugungi kunda hayotiy zarurat bo’lib, bunda, eng avvalo, sud tizimini zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan aytganda, mazkur Qonun sud tizimini boshqarishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Biz, deputatlar ushbu yangiliklarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o’rtasida keng tushuntirishimiz maqsadga muvofiqdir. Aholi bilan bo’lib o’tadigan muloqotlarda, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ushbu konstitutsiyaviy islohotlar odamlar hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga e’tibor qaratgan holda, parlament nazoratining ta’sirchan mexanizmlaridan foydalanishimiz ayni muddaodir.

Olimjon HAYITOV, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:

— Mamlakatimizda jamiyatda qonun ustuvorligini kafolatlash hamda inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada isloh etish, sudlarning mustaqilligini to’la ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar izchil ro’yobga chiqarib kelinmoqda.

Buni 2017 — 2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi, uni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturida belgilangan sud tizimida qabul qilinayotgan har bir qaror asosli, adolatli bo’lishiga -erishish, sudlarni chinakam mustaqilligi va odil sudlovga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar misolida ham ko’rish mumkin.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risidagi Qonun shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. U bilan mamlakatimizda sud hokimiyati tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Aniqrog’i, O’zbe-kiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyati yagona oliy organi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilmoqda.

Buning o’ziga xos sababi bor. Gap shundaki, sud hokimiyatining ikki oliy organi bir paytda faoliyat olib borishi qonun hujjatlari talablari bir xilda qo’llanishida muayyan qiyinchilik va murakkabliklarni keltirib chiqardi. Shu boisdan sud hokimiyati yagona oliy organi yo’lga qo’yildiki, bu sohadagi ana shunday kamchiliklarni bartaraf etishga va pirovardida odil sudlov samaradorligiga erishishga xizmat qiladi.

Nargiza MAHKAMOVA, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:

— Yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan, xususan, sud-huquq tizimidagi yangilanishlardan ko’zlangan asosiy maqsad fuqarolar hayotida yuz beradigan nizo va muammolarni adolatli hal etish orqali ularning baxtli hayot kechirishini ta’minlashdan iboratdir. Bunda, shubhasiz, sudlarning nufuzini oshirish va -mustaqilligini ta’minlash muhim o’rin tutadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Asosiy Qonunimizga kiritilgan o’zgartishlar va qo’shimcha ana shu maqsadlar ijrosiga yo’naltirilgan. Zero, bu hujjat bilan yangi konstitutsiyaviy organ, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etilmoqda. Bu kengash sudyalar hamjamiyati organi o’laroq, sud hokimiyati mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy norma va prinsiplarga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadi.

Shuningdek, sudlar uchun nomzodlarni tanlash, sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning shu jarayondagi ishtirokini kengaytirish, malakali sudyalar korpusini shakllantirish vazifalarini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

Umuman olganda, Konstitutsiyamizga kiritilgan bu yangiliklar sud-huquq islohotlarini yangi bosqichga ko’tarish barobarida, mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zaynab BERDIYEVA, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi:

— O’tgan yillar davomida ro’yobga chiqarilgan islohotlar odamlarda odil sudlovga nisbatan ishonch hissini mustahkamlashga hamda adolatli jamiyatni barpo etishga zamin yaratdi. Shu bilan birga, davr talablarining ortishi, eng avvalo, inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash mexanizmining rivojlanib borishi barcha soha qatorida sud tizimini ham izchil takomillashtirishni taqozo etadi. Yangi Qonun ana shu nuqtai nazardan g’oyat e’tiborga molikdir.

Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzildi. Ushbu o’zgartishlar mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishning, xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishning muhim omiliga aylanadi. Xususan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shu jumladan, davlat organlarining harakatlariga yoki harakatsizligiga, qarorlari ustidan fuqarolarning, tadbirkorlik sub’yektlarining bergan shikoyatlarini va murojaatlarini ko’rib chiqishga vakolatli bo’lgan ma’muriy sudlarning tuzilishi insonlarning, yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini, manfaatlarini sudda himoya qilish samaradorligini tubdan oshiradi.

Shu o’rinda biz, Oliy Majlis Senati a’zolari parlament nazoratini kuchaytirish orqali barcha jabhada adolat va qonun ustuvorligi yo’lidagi islohotlar samaradorligiga hissa qo’shmog’imiz muqaddas burchimiz ekanligini aytib o’tish zarur. Sud-huquq tizimida joriy qilinayotgan yangi qoida va normalarni aholi o’rtasida keng tushuntirish, huquqiy ta’lim va targ’ibоtni yanada kuchaytirishimiz talab etiladi.

www.xs.uz