Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OFITSERLAR XIZMATGA YO‘L OLDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OFITSERLAR XIZMATGA YO‘L OLDI

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ichki ishlar tizimini isloh qilish jarayonida sohani yuksak malakali, professional kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlar xalqimiz osoyishtaligini saqlashdek muqaddas burchini ado etishga yo‘l olmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Ahmadboyev, Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi boshlig‘i A.Qo‘ldoshev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratilgani barcha soha va tarmoqlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, kadrlar tayyorlashning zamonaviy tizimi shakllantirilgani bunda alohida ahamiyat kasb etayotir.

Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida kursantlarning bilim olishi, jangovar mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Ta’lim jarayoni zamonaviy axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda, namunaviy o‘quv rejalari asosida olib borilmoqda.

– Mazkur o‘quv maskanida yong‘in xavfsizligi muhandisi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni puxta egalladik, – deydi kursant Bahrom Muhiddinov. – Endi faoliyatimiz davomida bizga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor mahoratimizni ishga solishga harakat qilamiz.

O‘zA