Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OILAVIY TADBIRKORLIK – FAROVONLIK OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OILAVIY TADBIRKORLIK – FAROVONLIK OMILI

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida kichik biznes, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tarmoq yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarning barqaror daromad manbasini shakllantirish va farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Yahyobek Akbarov 24 yoshida mebelsozlik yo‘nalishida oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan edi. O‘tgan olti yil mobaynida tadbirkor yirik mulkdorga aylandi.

Fayziobod qishlog‘ida duradgor xonadonida tug‘ilib voyaga yetgan Yahyobek "Shodiyona" mahallasining yosh tadbirkorlaridan. Dastlab uy sharoitida ish boshlagan usta-duradgorning tayyorlagan mebel va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari tez orada mijozlar e’tiborini tortdi. Mahalliy xomashyodan sifatli ishlangan buyumlar pishiqligi, zamonaviy ko‘rinishi, hamyonbopligi bilan tezda tilga tushdi.

Qishloq mulkdori mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Hududdagi bo‘sh va qarovsiz turgan bino tadbikorga berilgach, unda faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyati yaratildi. Natijada 25 nafar mahalla yoshlari ish bilan ta’minlandi.

– Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash unga qanot beradi, – deydi Ya.Akbarov. – Yangi ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahsulot turini kengaytirish maqsadida bankdan imtiyozli kredit oldik. Endi xomashyo bazasini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalar keltirish va qo‘shimcha o‘ndan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirganmiz.

Fayziobod qishlog‘ida ishlab chiqarish, hunarmandlik, bog‘dorchilik, tomorqachilik, chorvachilik yo‘nalishida o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan mulkdorlar talaygina. Qudratjon To‘xtayev tikuvchilik sexi ochgan bo‘lsa, Nargiza Zokirova zamonaviy savdo do‘koni qurdi. Halimjon Abdukarimov va uning shogirdlari tomonidan tayyorlanayotgan sandiq, javon singari jihozlarning bozori chaqqon.

– Mahallamiz ishbilarmonlari bilan mashhur, – deydi "Shodiyona" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Alijon Boltaboyev. – Mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bu yo‘ldagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, fuqarolarning mulkka egalik huquqini qonuniy mustahkamlash maqsadida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosat samarasida mahallamizda tadbirkorlar safi kengaymoqda. O‘tgan yili o‘ndan ortiq hunarmand oila ro‘yxatga olindi. Natijada 50 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Bu yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Hududning obodligi, ko‘rkamligida ishbilarmonlarning hissasi katta. Ularning homiyligida ichki yo‘llarga shag‘al to‘kilib, asfaltlandi. Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi qondirildi.

Bir paytlar shodiyonaliklar oddiygina ro‘zg‘or buyumini xarid qilish uchun ham shaharga borishiga to‘g‘ri kelganini katta avlod vakillari yaxshi eslaydi. Bugun esa bunga hojat qolmadi. Do‘kon ham, ishlab chiqarish korxonasiyu sexlar ham mahallaning o‘zida.

Muxtasar aytganda, oilaviy korxonalarning ko‘payishi aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

O’zA