Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI UCHUN RESPUBLIKA ONLAYN SEMINAR-TRENINGI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI UCHUN RESPUBLIKA ONLAYN SEMINAR-TRENINGI

Toshkentda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari uchun respublika onlayn-seminar-treningi tashkil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi va barcha okrug saylov komissiyalarining a’zolari, matbuot markazlari rahbarlari, saylov huquqi bo‘yicha ekspertlar, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalarivakillari ham ishtirok etdi.

Onlayn-seminar okrug saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, okrug saylov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea ekanini alohida ta’kidladi. Yurtimizning kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi saylovning barcha ishtirokchilarining faolligi, siyosiy yetukligi va saylovchilar qabul qiladigan qarorga bog‘liq.

Saylovlar – demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy hayoti, jamiyat va davlat boshqaruvida, davlat hokimiyatini shakllantirishda bevosita ishtirokining asosiy shaklidir.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida demokratik talablarga va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beradigan, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish kafolatlarini ta’minlaydigan milliy saylov tizimi yaratildi.

Qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi rahbarligida saylovlarning qonun talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydigan hamda faqat qonunga bo‘ysunadigan mustaqil saylov komissiyalari tizimining mustahkamlab qo‘yilgani milliy saylov tizimining eng muhim xususiyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hokimiyat organlarining hech qanday aralashuvisiz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni ta’minlaydigan, davlat hokimiyati tizimida alohida o‘rin tutgan konstitutsiyaviy organ maqomiga ega bo‘lib, u o‘z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik prinsiplari asosida olib boradi. Bularning barchasi saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, saylovlarning demokratligini ta’minlash kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq tayyorgarlik ko‘rilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishga ijozat berildi, saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari shakllantirilib, ularning faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Saylovning ochiq va oshkoraligini, transparentligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda, xalqaro kuzatuvchilarga taklifnomalar yuborildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq okrug saylov komissiyalari zimmasiga mazkur hujjatning okrug hududidagi ijrosini nazorat qilish, uning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, saylov uchastkalarini tuzish, ularning okrug bo‘yicha tartib raqamini belgilash, manzilini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini e’lon qilish, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, siyosiy partiyalar vakillarining, saylov okrugi hududida joylashgan korxonalar, muassasa hamda tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish kabi mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan.

Seminarda alohida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov komissiyalari o‘z ishida qonuniylik, saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligi kabi tamoyillarni ta’minlash kabi muhim tamoyillarga doimiy e’tibor berishi lozim.

Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining asosiy vazifalari, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, saylov komissiyalarining siyosiy partiyalar bilan o‘zaro munosabatlari, xalqaro saylov standartlari, fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari, saylovning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda matbuot markazlarining vazifalari, kuzatuvchilar institutining saylov jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, okrug saylov komissiyalari faoliyatining tashkiliy jihatlari, shuningdek,saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi.

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi,Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan ham tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

www.elections.uz