OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARINING BIRINCHI MAJLISLARI BO‘LIB O‘TDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 25-27-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo‘lib o‘tdi.
Okrug saylov komissiyalarining majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlandi.
Majlislarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish borasida komissiya a’zolari oldida turgan muhim, xususan saylov uchastkalarini tuzishga oid vazifalar ham muhokama qilindi.
Majlislarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi. Okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlarini tuzish haqida qarorlari qabul qilindi.
Okrug saylov komissiyalari majlis yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifinglar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi