OKRUG SAYLOV KOMISSIYASI YIG‘ILISHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya raisi A.Yunusxo‘jayev boshqargan tadbirda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda okrug saylov komissiyasining vakolatlariga kiruvchi masalalar muhokama etildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 16- va 31-moddalariga muvofiq, okrug saylov komissiyasi tomonidan muddatidan oldin ovoz berish vaqtini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi va bu to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, okrug hududida muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganda boshlanib, saylovga bir kun qolganda tugallanishi hamda saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9.00 dan 18.00 gacha etib belgilandi. Mazkur qaror saylov jarayonida fuqarolarga yengillik yaratish, ochiqlik va oshkoralik prinsipiga binoan har bir fuqaroning saylovda bevosita ishtirokini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan partiyalar kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlarida saylov uchastkalarining saylovga tayyorgarlik holati, uchastka saylov komissiyalari faoliyati uchun yaratilgan zarur sharoitlar yuzasidan axborot tinglandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, okrug saylov komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida 713 saylov uchastkasi tuzilgan, uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan va komissiyalar o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Saylovga tayyorgarlik jarayonining barcha bosqichlarida qonuniylik, oshkoralik va bag‘rikenglik prinsiplariga qat’iy rioya etilmoqda. Xususan, ko‘zi ojizlar uchun brayl shriftli saylov byulletenlarining yaratilishi ayni muddao bo‘ldi.
EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari Robert Iverson Polin va Igor Chamov saylov kampaniyasi jarayonlarini kuzatish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yuqori baholadi. Xalqaro kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasining samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
O’zA