Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIMPIADA G‘OLIB VA SOVRINDORLARIGA PUL MUKOFOTI VA “MALIBU” AVTOMOBILLARI TOPSHIRILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIMPIADA G‘OLIB VA SOVRINDORLARIGA PUL MUKOFOTI VA “MALIBU” AVTOMOBILLARI TOPSHIRILDI

Joriy yilning 5-21-avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 23-avgustdagi farmoyishiga muvofiq Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida 29-avgust kuni Olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning erkin va ozod, tinch-osoyishta, farovon va baxtli hayot kechirishi, farzandlarimizni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligini keng nishonlanayotgan shu kunlarda har birimizning dilimizda istiqlol bergan buyuk ne’matlarga shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh urmoqda.

Vatan – muqaddas, uning xalqaro maydonda obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shish eng oliy baxtdir. O‘zbekiston sportchilari XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, butun dunyoga mardlik va jasorat bobida ulug‘ zotlarning munosib vorislari ekanini isbоtladi, xalqimizning, Prezidentimizning ishonchini oqladi, erkin va obod Vatanimizning eng ulug‘, eng aziz bayramiga munosib tuhfa hozirladi.

O‘zbek boks maktabi vakillari mazkur Olimpiadada mamlakatimiz sportchilari shijoat va mahoratda, kuch va salohiyatda tengsiz ekanini namoyon qildi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga Olimpiya o‘yinlarining dastlabki oltin medalini boks bo‘yicha vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida qatnashgan Hasanboy Do‘stmatov keltirdi. Hasanboy eng yorqin janglarni olib borgani uchun Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

– Bizni qo‘llab-quvvatlab, ishonch bildirgan xalqimiz va Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz, – deydi Hasanboy Do‘stmatov. – Bu ishonch bizni g‘alaba sari ruhlantirdi, kuchimizga kuch qo‘shdi. Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan oltin medalimni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlayman.

Fazliddin G‘oyibnazarov vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida, Shahobiddin Zoirov vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda barcha raqiblarini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi.

– Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritaman, deb niyat qilgan edim, – deydi Shahobiddin Zoirov. – Niyatimga yetganimdan, nufuzli musobaqada Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish nasib qilganidan juda baxtiyorman. Bunday ulkan yutuqlarimiz Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir.

O‘z vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev va Shahram G‘iyosov kumush, Rustam To‘laganov va Murodjon Ahmadaliyev bronza medal bilan taqdirlandi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng muhim voqealaridan biri og‘ir atletika bahslarida ro‘y berdi. Tajribali og‘ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga Olimpiada rekordini yangilab, O‘zbekiston yoshlari nimalarga qodir ekanini butun dunyoga yana bir karra namoyon qildi.

– Mening g‘alabam – butun O‘zbekistonning g‘alabasidir. Biz, yoshlar, ozod va obod yurtda tug‘ilib voyaga yetganimizdan va xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan musobaqaga chiqayotganimizdan faxrlanamiz, – dedi Ruslan Nurudinov. – Prezidentimiz yoshlarga qarata marrani doimo baland oling, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas, hech qachon kam bo‘lmaydi, degan so‘zlari qalbimizga muhrlangan. Prezidentimizning ushbu da’vatlari bizni yangi-yangi marralar sari chorlaydi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Diyorbek O‘rozboyev, Rishod Sobirov, Elmurod Tasmurodov, Ixtiyor Navro‘zov va Magomed Ibragimov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga bronza medalni taqdim etdi.

Davlatimiz rahbarining farmoyishiga muvofiq mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida olimpiada harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun sportchilarimiz bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimizning har biri 200 ming AQSh dollari, kumush medalga sazovor bo‘lgan sportchilarning har biri 100 ming dollar, bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilarning har biri 75 ming dollar bilan mukofotlandi.

Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga “Malibu” avtomobili ham berildi.

O‘zbekiston xalq artistlari O.Nazarbekov, M.Azizov va boshqalar sportchilarimizni Olimpiya o‘yinlaridagi yuksak muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi nufuzli musobaqalarda omad tiladi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi R.Ro‘zioxunov, sportchilar H.Do‘stmatov, R.Nurudinov, B.Meliqo‘ziyev, R.To‘laganov va D.O‘rozboyev Prezidentimiz Islom Karimovga mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rsatayotgan doimiy e’tibori uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

O‘zA