OLIMPIADAGA YANA BITTA YO’LLANMA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yunon-rum kurashi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Turdiyev Qozog’istonda tashkil etilgan Osiyo saralash turnirida qatnashib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joriy yil avgust oyida bo’lib o’tadigan XXXI yozgi Olimpiada musobaqalariga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
U 75 kilogrammgacha vazn toifasida chorak finalda yaponiyalik Shoxei Yabukuni, yarim finalda qirg’izistonlik Otabek Azisbekovni ortda qoldirdi. Janubiy koreyalik Xyonvu Kimga qarshi kechgan final bahsida unga bir oz omad yetishmadi.
O’tgan yili AQShning Las-Vegas shahrida bo’lib o’tgan jahon chempionatida erkin kurash yo’nalishida Ixtiyor Navro’zov va yunon-rum kurashi bo’yicha Rustam Assakalov ham XXXI yozgi Olimpiada o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritgan edi.
"XALQ SO’ZI" GAZETASI