Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIMPIYACHILARIMIZNING G‘ALABASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIMPIYACHILARIMIZNING G‘ALABASI

Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida iordaniyalik futbolchilarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda Samvel Babayan shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 64-daqiqada Igor Sergeyev raqib darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Mahmud Al Mardiy hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada yana Igorning o‘zi iordaniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoamiz g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur o‘yin O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvidir. Futbolchilarimiz 9-yanvar kuni Qatar poytaxti Doha shahriga yo‘l olishadi.

Osiyo chempionati bahslari 12-30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Chempionatda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan uchta terma jamoaga XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beriladi.

Terma jamoamiz qit’a chempionatida “С” guruhida Iroq, Janubiy Koreya va Yaman olimpiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Futbolchilarimiz dastlabki uchrashuvni 13-yanvar kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

WWW.UZA.UZ