OLIS OVULLARGA YANGI AVTOBUSLAR QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan safari chog‘ida Shumanay tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari tuman aholisi bilan bo‘lgan ochiq muloqotda savdo, xizmat ko‘rsatish kabi bir qator yo‘nalishlardagi mavjud muammolarni tinglab, uni hal etish yuzasidan takliflar bildirdi.
Shumanay tumani aholisiga transport xizmati ko‘rsatish sifati ortayotgani ana shu e’tibor samarasidir.
Davlatimiz rahbarining amaliy ko‘magida tumanda “Shumanay Gold ekspres” va “Shumanay Vega trans” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilib, ular imtiyozli kredit hisobiga 10 “Isuzu” avtobusi va 15 “Damas” avtomobili bilan ta’minlandi.
Yangi avtobuslar Shumanay-Nukus, Shumanay-Xo‘jayli, Shumanay-Qo‘ng‘irot yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek, Mo‘nshaqli, Begjap, Dehqonobod singari olis ovullarga qatnay boshladi.
– Men Ozod ovulida yashab, har kuni tuman markazidagi kollejga o‘qishga qatnayman, – deydi Eliza Davletboyeva. – Shu paytgacha kollejga borib kelishga juda qiynalar edik. Yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgach, barcha muammolar barham topib, vaqtimiz ham tejalmoqda. Prezidentimizning aholiga, ayniiqsa, yoshlarga ko‘rsatayotgan bunday g‘amxo‘rligidan minnatdormiz.
O‘z ishini 2010-yilda suratxona ochishdan boshlagan yosh tadbirkor Seydabulla Medetov 2014-yilda o‘quv qurollari va kitob savdosini yo‘lga qo‘ydi. U Prezidentimiz bilan uchrashgan chog‘ida tuman markazida ikki qavatli kitob do‘koni qurish niyatini bildirgan edi.
– Prezidentimiz bu taklifimni qo‘llab-quvvatlagani meni ruhlantirib yubordi, – deydi S.Medetov. – “Kitob olami” loyihamni amalga oshirish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 500 million so‘m ajratildi. Ayni paytda qurilish loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlab, imoratni bunyod etishga kirishdik. Ushbu zamonaviy kitob do‘konini ishga tushirib, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqish va intilishi ruyobga chiqishiga ko‘maklashish umididaman.
Xalq farovonligini ta’minlash yo‘lidagi bunday ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
O’zA