Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIY DARAJADAGI MUZOKARALAR BOSHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIY DARAJADAGI MUZOKARALAR BOSHLANDI

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara boshladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekovni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, ko‘plab masalalarda hamfikrligi, hamkorlikka mushtarak intilishi tufayli O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston munosabatlari mustahkamlanib, o‘zaro aloqalar faollashmoqda.

— Qirg‘iziston Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O‘zbekiston zaminidan boshlaganingizni yuqori baholaymiz, - dedi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. – Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga sadoqatingiz ifodasi deb qabul qilamiz.
Sooronboy Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston xalqi nomidan chuqur hurmat va ehtirom izhor etdi.

— Siz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davlat chegarasini chinakam do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va sheriklik chegarasiga aylantirdingiz, - dedi Qirg‘iziston Prezidenti.

Prezidentlar ushbu tashrif savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladilar.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi strategik sheriklik munosabatlari, do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va ishonchni mustahkamlash borasida o‘z azmu qarori ta’kidladilar.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Prezidentlar xalqaro maydonda ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash borasida ulkan salohiyat mavjudligi, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning BMT, MDH, ShHT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga intilishi mushtarakligini qayd etdilar.

O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida avvalo qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Keyingi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari va sheriklik aloqalar faollashayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi bilan aloqalar ham yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar o‘rtasidagi bordi-keldilar kengaymoqda.

Muzokarada Prezident Sooronboy Jeenbekov Qirg‘iziston O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etdi.

www.prezident.uz