Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI NAVBATDAGI YALPI MAJLISINI O’TKAZDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI NAVBATDAGI YALPI MAJLISINI O'TKAZDI

Joriy yilning 28 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo’lib o’tdi. Unda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi markazi rahbarlarining axboroti eshitildi.

Avval xabar berilganidek, 13 mart kuni parlament a’zolariga akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarroxlik markazining, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining faoliyati to’g’risidagi axborot taqdim etilgan edi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’ini bajarish bo’yicha Qonunchilik palatasi tomonidan sog’liqni saqlash sohasi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o’rnatish ishlar tizimli asosda olib borilayotganligidan dalolat beradi.

Buning uchun parlament quyi palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko’maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya tuzilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad - ushbu sohadagi ishlarning joriy holatini chuqur o’rganish va tanqidiy taxlil qilish, eng dolzarb, o’z yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etishga doir takliflar ishlab chiqish hamda muayyan choralar ko’rishdan iboratdir.

Shu sababli muhokama davomida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi markazlari tomonidan Respublika hamda birlamchi tibbiyotning barcha bo’g’inlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishning keng qamrovli tizimi to’liq tashkil etilmaganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ushbu markazlar davolanuvchilarining 60 foizdan ziyodi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolarga to’g’ri keladi.

Mamlakatimiz hududlarida jarroxlik amaliyotlarini o’tkazishda markazlar raxbarlari hamda yetakchi mutaxassislar tomonidan yetarlicha amaliy yordam ko’rsatilmayapti.

Ixtisoslashtirilgan markazlarning xodimlari va mutaxassislarini xorijdagi yetakchi klinikalarda yangi tibbiy texnologiyalar hamda zamonaviy tibbiy uskunalarda ishlash bo’yicha o’qitish, shuningdek xorijdagi tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan o’zbek mutaxassislari uchun sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko’rish zaruriyati mavjud.

Bundan tashkari, markazlarning rasmiy veb-saytlarida ular faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq emas, shu sababli aholi keng qatlamlarining axborot olish imkoniyati cheklangan.

Ko’z va kardiologiya kasalliklarini davolash, profilaktika qilish uchun mo’ljallangan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bo’yicha tender savdolarini o’tkazish tartib-taomili ancha soddalashtirishni talab qiladi. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi uchun mo’ljallangan qo’shimcha kompleksning qurilishini yakunlash uchun sotib olingan uskunalar rasmiyatchilik sababli bojxona omborlarida turibdi.

Yig’ilishda takidlanganidek joylardagi xaqiqiy ahvolni o’rganish uchun mamlakatimizning turli mintaqalariga borishlari chog’ida deputatlar tibbiyot muassasalari faoliyatini o’rganishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shu munosabat bilan, muhokamalar jarayonida deputatlar aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun mazkur markazlar tomonidan joylarda qanday tadbirlar tashkil etilayotganligi to’g’risidagi masalaga to’xtalib o’tdilar. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi bilan doimiy uzviy aloqani uzmaslik muhimdir. Mahsus yordamga muxtoj bo’lgan oddiy fuqaro ham tegishli tibbiyot markazining xar qanday mutaxassisi xizmatidan foydalana olishi lozim. Shu sababli, mutaxassislarning malakasini, tibbiyot xodimlarining muloqot madaniyatini oshirishga e’tibor qaratish zarur.

Majlis yakunlariga ko’ra, Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi, qarorda barcha muhokama qilingan masalalar o’z aksini topdi va yuqorida ko’rsatib o’tilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar belgilanib, ularning amalga oshirilishi ustidan doimiy parlament nazorati olib boriladi.

UzReport