Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA MOLIYA VAZIRLIGI HISOBОTI TINGLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA MOLIYA VAZIRLIGI HISOBОTI TINGLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2017-yil to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobоti ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobоti tinglandi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari hisobоt davrida mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 5,3, sanoat hajmi 4,1, qishloq xo‘jaligi hajmi 3,5, xizmatlar hajmi 6,4 foizga o‘sishi kuzatilganiga e’tibor qaratdi. Joriy yilning o‘tgan 9 oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida mikrofirma va kichik korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari 105,6 foizga o‘sdi. Bu esa o‘z navbatida ular tomonidan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi miqdorining oshishiga zamin yaratdi.

Fraksiya a’zolari masalaning ushbu jihatlariga to‘xtalib, mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlarining ko‘payishi davlat byudjetining mustahkamlanishi va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Iste’mol tovarlari sohasida 63 loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Ular hisobiga har yili 140,7 ming tonna meva-sabzavot va 10,2 ming tonna go‘sht-sut mahsulotlarining qayta ishlanishi ta’minlanadi. Tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga yirik miqdorda investitsiyalar jalb qilinib, 3 yangi va modernizatsiya qilingan zamonaviy yengil sanoat korxonasi ishga tushirildi. Ularda mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari asosiy e’tiborni ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan ishlarga qaratdi. Ta’kidlanganidek, hisobоt davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 19 trillion 410 milliard so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Davlat byudjetining markazlashgan investitsiyalar mablag‘lari hisobidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlariga joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 2 trillion 450 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi ham fraksiya a’zolarining e’tiboridan chetda qolmadi. Mamlakatimiz bu borada ulkan potensialga ega ekanligi, bugungi kunda ushbu sohada 3,6 milliondan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda xom ashyoni qayta ishlash, uni tayyor eksportbop mahsulot holatiga keltirish bo‘yicha davlatimiz tomonidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qoramol, qo‘y, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish loyihalari doirasida 285 ming 400 ish o‘rni yaratilganligi qayd etildi.

www.uza.uz