Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi parlament muxolifatini e’lon qilish to‘g‘risida axborot

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi parlament muxolifatini e'lon qilish to‘g‘risida axborot

16-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu fraksiyaning parlament ko‘pchiligini tashkil etgan Demokratik kuchlar blokiga nisbatan nuqtai-nazari muhokama etildi.

Majlisda ta’kidlandiki, O‘zbekiston XDP saylov yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasida munosib o‘rin egallab, o‘z fraksiyasini shakllantirgan holda, dasturiy maqsadlari va partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning manfaatlarini izchil ilgari surish uchun zarur imkoniyatga ega bo‘ldi.

Yig‘ilish ishtirokchilari partiya saylovoldi platformasida belgilangan g‘oyalar va vazifalarni yanada ilgari surish masalalarini batafsil muhokama etdilar va parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi Demokratik kuchlar blokiga birlashganligini e’lon qilgan parlamentdagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” O‘zbekiston demokratik partiyasi fraksiyalarining qarori xususida O‘zbekiston XDP fraksiyasining nuqtai-nazarini ishlab chiqdilar.

Shu bilan birga, alohida ta’kidlandiki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Hukumat Harakat dasturida ko‘zda tutilayotgan qator muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilish yo‘llari haqida saylovoldi dasturida o‘z nuqtai nazarini ifodalagan.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning 25-1 moddasiga amal qilgan holda, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini parlamentda ko‘pchilikni tashkil etayotgan Demokratik kuchlar blokiga muxolifat deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zXDP fraksiyasining parlamentdagi muxolifat sifatidagi avvalgi tajribasidan kelib chiqib, shuningdek, partiyaning dasturiy vazifalarini inobatga olgan holda, fraksiya davlatning ijtimoiy yo‘naltirilgan yo‘lida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatdan aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi ijtimoiy himoyalanganligini doimiy ravishda oshirib borishni ta’minlaydigan iqtisodiyotdagi tartibga soluvchi rolini mustahkamlash to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi.

O‘zbekiston XDPning dasturiy ustuvorliklari qatorida eng kam iste’mol xarajatlari (iste’mol savatchasi) standartlarini belgilashning asoslangan va zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy qilish va bu bilan mazkur standartlarga mamlakatdagi oylik ish haqi va pensiyaning eng kam miqdorlari mos kelishini ta’minlash masalalari turibdi. Shuningdek, partiya aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish tariflarini davlat tomonidan ushbu xizmatlar tariflarini tartibga solinishini takomillashtirish orqali xizmatlar haqini maqbullashtirishni aholi farovonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil deb hisoblaydi.

Partiya, shuningdek, aholi bandligini tashkil qilishning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish o‘rinlarini tashkil etish dasturining so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, avvalo o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning asosiy mezonlari, ularni hayotga tatbiq qilishda yaratiladigan barqaror ish o‘rinlari soni bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash tarafdoridir.

Ushbu ustuvor masalalarda O‘zXDP Demokratik kuchlar blokiga birlashgan partiyalarning fraksiyalari nuqtai nazaridan farq qiladigan o‘zi tutgan yo‘lning yechimlarini taklif etish va ilgari surishga tayyor.

Fraksiyaning tegishli bayonotida O‘zbekiston XDP fraksiyasi Qonunchilik palatasida partiyalararo raqobatning qonunda nazarda tutilgan mexanizmlaridan, huquq va vakolatlaridan parlament vositalari orqali partiyaning siyosiy ustuvorliklari va dasturiy maqsadlariga qat’iy erishish, davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishonchli ijtimoiy kafolatlarga ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini izchil ifodalash va himoya qilish, mazkur manfaatlarni Qonunchilik palatasida qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilishda samarali inobatga olishga ko‘maklashishda faol va mas’uliyat bilan foydalanish niyatida ekanligi ta’kidlandi.

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zXDP fraksiyasi mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazdi.

Parlament fraksiyasi vakillari fraksiya ustuvorliklari, parlamentdagi muxolifat sifatidagi eng muhim vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar.

* * *

16-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasini parlamentdagi ko‘pchilikka nisbatan muxolif deb e’lon qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining parlamentdagi ko‘pchilikning Demokratik kuchlar bloki tuzilganligi to‘g‘risidagi qaroridan kelib chiqadigan bundan keyingi o‘z faoliyatlarini muhokama qildilar.

“Adolat” SDP hamda yangidan tuzilgan Demokratik kuchlar bloki nuqtai nazarlarida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ayrim tafovutlar mavjudligi fraksiya a’zolari tomonidan qayd etildi.

“Adolat” SDP uchun o‘ta muhim bo‘lgan biznesning ijtimoiy mas’uliyati darajasini oshirish, davlat va xususiy biznes hamkorligini faol rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarini himoya qilishni ta’minlash sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, korxonalarga ularning ijtimoiy jihatdan foydali ekanligidan kelib chiqib, soliq imtiyozlarini berish kabi masalalar parlamentdagi ko‘pchilikning g‘oyalari va mushtarak faoliyati yo‘nalishlarida yetarlicha aks etmaganligi alohida qayd etildi.

Shu bois, yig‘ilishda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda belgilangan normalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.

Qonun normalariga muvofiq o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;

muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.

Yig‘ilish ishtirokchilari ta’kidladilarki, muxolifat sifatida “Adolat” SDP fraksiyasi o‘ziga berilgan huquq va vakolatlardan foydalanib, parlamentda o‘z elektorati sanalgan yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar, ilm-fan va muhandis-texnik ziyolilar vakillari, pedagoglar, shifokorlar hamda O‘zbekistonni kuchli, nufuzli, har tomonlama rivojlangan davlat sifatida ko‘rishni, millatlararo totuvlik va ijtimoiy adolat sharoitlarida yashashni hohlaydiganlarning manfaatlarini izchil ifodalaydi va himoya qiladi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari tomonidan mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga brifing tashkil etildi.

Fraksiya a’zolari parlamentdagi muxolifat sifatidagi birlamchi vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Axborot xizmati